So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  3 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

Nazorat o'yini. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" bahsida jangovar durang Yangiliklar

Nazorat o'yini. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" bahsida jangovar durang

Toshkentda mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" jamoalari bugun o'zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

SHiddatli va keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvdagi hisob 31-daqiqada ochildi. "Qo'qon-1912" futbolchilari tomonidan tashkil etilgan hujumda raqiblar jarima maydonchasi ichida o'yin qoidasini buzishdi. Bosh hakam "So'g'diyona" darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida qo'qonliklar ikkinchi bor raqib darvozasini aniq nishonga olishdi. Bu safar Suhrob Berdiev ikki-uch raqibni aldab o'tib, raqib darvozasining uzoq burchagi tomon shedevr zarba yo'lladi va gol muallifi bo'ldi.

Ikkinchi bo'limni jizzaxliklar faol tarzda boshlashdi va 53-daqiqaga kelib gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Azamat Roziqov hisobni qisqartirdi. SHundan keyin har ikki jamoada ham gol kiritish uchun bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq ulardan foydalana olmaslik oqibatida hisob o'zgarishsiz qolayotgandi. So'nggi daqiqada esa "So'g'diyona" futbolchilari penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. 11 metrlik jarima zarbasini SHoxruz Norxonov golga aylantirib hisobni tenglashtirdi.


SHu tariqa, nazorat bahsida durang natija qayd etildi.

Nazorat o'yini
"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:2 (2:0)
Gollar:
Murod Xolmuhammedov (31 pen), Suhrob Berdiev (44) - Azamat Roziqov (53), SHohruz Norxonov (90 pen)

"Qo'qon-1912": Botirali Ergashev, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich, Murod Holmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro'ziev, Oybek Rustamov, Sardor Azimov, Suhrob Berdiev, SHohnazar Norbekov, Otabek Haydarov.
Zaxira: Islom Abdullaev, Iqbol Malikjonov, Jasur Yoqubov, Muhammadanas Hasanov, Avaz Mamatxo'jaev, Sobit Sindarov, Yakuba Bamba, Suhrob Nurulloev, Bek Abdullaev, Zohid Abdullaev, Hamidullo Abduhamidov, Muhaffar Abdullaev, SHodiyor Hojimatov.
"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Iskandar SHoyqulov, SHavkat Mullajonov, Sardor Qulmatov, SHahboz Jo'rabekov, Sanjar Rashidov, Ayubxon No'monov, Sanat SHixov, Jamshid Boltaboev, Bahodir Nasimov, Daniel Nasriddinov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика