So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  2 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

Nazorat bahsi. “Pirin” (Bolgariya) - “Neftchi” (O'zbekiston) 2:1 Yangiliklar

Nazorat bahsi. “Pirin” (Bolgariya) - “Neftchi” (O'zbekiston) 2:1

Teglar :  NeftchiTurkiyaPirin
Farg'ona bosh jamoasining Turkiyadagi yig'ini reja asosida davom etmoqda.

7 fevral oqshomida “Neftchi” jamoasi Bolgariyaning “Pirin” klubiga qarshi o'rtoqlik bahsida ishtirok etdi. O'yin 2:1 natijasiga ko'ra raqib foydasiga yakunladi. Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bellashuv teng kurashlar ostida o'tdi. “Pirin” jamoasi yangi mavsumga bo'lgan tayyorgarlik jarayonini yakunlab bormoqda va jamoa deyarli mavsumga shay holatda deb aytish mumkin. SHu omillarni inobatga olganda, o'yinda bolgariyaliklar golli vaziyatlarning ikkitasidan unumli foydalanishga muvaffaq bo'lishdi. Farg'onaliklar safidan esa Nikita Pavlenko bir marta Bolgariya jamoasi darvozasini nishonga oldi. 2:1. Umuman olganda 2 maxaldan og'ir yuklamali mashg'ulotlarni davom ettirayotgan futbolchilarimiz “Pirin”ga qarshi o'yin orqali o'zlarida yomon taassurot qoldirishmadi. Bellashuv davomida SHerzod Hakimov hamda Muhsin Ubaydullaevlar kichik jarohatlarga duch kelishdi.

“Neftchi” o'yinda quyidagi tarkibda harakatlandi.

Asosiy tarkib
: O'tkir Yusupov, Muhsin Ubaydullaev, Hamza Karimov, Ibrohim No'monov, Dilyor Irmatov, Javohir Rasulov, Muzaffar Muzaffarov, Abdujamol Isroilov, Abbos Maxstaliev, Said Abdujabborov, SHerzod Hakimov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sergey Koncevoy, Husniddin G'ofurov, Furqat Hasanboev, Umid Qodirov, Damir Nizanov, Dmitriy Komarovskiy, Nikita Pavlenko, Abdurahmon Abdulhaqov, Mo'ydin Mamazulumov

“Neftchi”ning navbatdagi raqibi 9 fevral kuni Bosniya va Gercegovinaning “Saraevo” jamoasi bo'ladi. Rejadan yana bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'rin olgan.


“Neftchi” matbuot xizmati


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика