So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  5 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  7

“Navbahor”ning Navro'z tadbiri Yangiliklar

“Navbahor”ning Navro'z tadbiri

21 mart kuni Namangan shahridagi “Orzu” tantanalar majmuasida “Navbahor” futbol klubining yangilanish va yasharish ayyomi bo'lgan Navro'z bayramiga bag'ishlangan tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda “Navbahor” PFK rahbariyati, jamoa azolari, OAV xodimlari va jamoaning jonkuyar, faol, fidoyi hamda sodiq muxlislari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida sanatkorlar o'zlarining dilrabo kuy-qo'shiqlarini yig'ilganlarga taqdim etishdi.

Bayram tantanasiga kulgu va so'z ustasi Iskandar Hamroqulov tashrif buyurib, sevimli jamoamiz “Navbahor”ga joriy mavsumda omad yor bo'lishi, chempionlik unvoniga sazovor bo'lishini tiladi hamda yig'ilganlarga o'zining ichakuzdi hangomalari bilan tabassum hadya etdi.

Keyin so'z navbati Namangan viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bahrom Muhitdinovich Xolmirzaevga berildi. Bahrom Muhitdinovich o'z so'zida bu yil “Navbahor”ning 40 yillik yubileyi keng miqyosda nishonlanishi, shu munosabat bilan klub rahbariyati tomonidan jamoa logotipi va emblemasiga o'zgartirish kiritilib, unda lochin qushi aks etganligi, jamoaning taqdimot va Namangandagi joriy  mavsumning ochilish marosimi tantanali tarzda o'tkazilganligi, mazkur tadbirlarning videoroliklaridan mamlakatimizning barcha futbol ishqibozlari bahramand bo'lishgani, Namangandagi ochilish marosimiga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti, CAFA prezidenti Umid Mahammadjanovich Ahmadjonov tashrif buyurganligi, Umid Mahammadjanovich Superliga 3-turi doirasidagi “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni bevosita stadionda kuzatib, namanganlik muxlislarning o'z jamoalarini  qoyilmaqom tarzda qo'llab-quvvatlaganliklariga qoyil qolib, ularni etirof etganligini takidladi.

SHundan so'ng, “Navbahor”ni 1996 yili chempion bo'lishida munosib hissalarini qo'shgan bir qator marhum insonlar, jumladan, jamoani o'sha yili oltin medalni qo'lga kiritishida munosib hissasini qo'shgan, ko'p yillar davomida klub vice-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan Hakimjon Hoshimov, ko'p yillar mobaynida “Navbahor” safida to'p surgan, jamoaning  1996 yilgi chempionlik unvonini qo'lga kiritishida munosib hissasini qo'shgan yarim himoyachi Tohir Madrahimov, ko'p yillar davomida “Navbahor” muxlislari raisi bo'lib ishlagan Obidxon Mamasiddiqov, jamoaning fidoyi muxlislaridan Mahmudjon aka  Abdurahmonovlar yodga olinib, ularning oila azolariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Bundan tashqari, “Navbahor” murabbiyi Durbek Umaraliev, jamoa futbolchilari – Dilshod Jabborov, Mirzohid G'ofurov, Jahongir Mehmonov, Ayubxon No'monov, Azam Aliev, Ilhom Boydedaev, Azizbek Turg'unboev, shuningdek, “Navbahor”ning sobiq futbolchilari  - Alisher Mahmudov, G'ayrat Jo'raev, Sanjar Asqaraliev, ko'p yillar davomida “Navbahor” jamoasida futbolchi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan, “Navbahor” rekordchisi hamda jamoa afsonasi Usmon Asqaralievlarga ham tashakkurnomalar berildi. Alisher Mahmudov va G'ayrat Jo'raevga muxlislarning maxsus sovg'asi – chopon kiygizildi.

SHuningdek, Namangan viloyati sportini yuksalishida munosib hissa qo'shgan dzyudochi Ayubxon Kamolov, mazkur tadbirni uyushtirishda bosh – qosh bo'lib, o'zlarining munosib hissalarini qo'shishgan “Navbahor”ning fidoyi va jonkuyar muxlislari Muxtor Yusufbaev va Mubashsher Domlajonovga ham tashakkurnomalar topshirildi. Azizbek Turg'unboev O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga jalb etilganligi bois, uning tashakkurnomasi berib qo'yish uchun jamoa sardori Dilshod Jabborovga, Sanjar Asqaralievniki esa otasi Usmon Asqaralievga taqdim etildi.    

Tashakkurnomalarni egalariga “Navbahor”ning ko'p yillik muxlisi Abdullo Ahmedov topshirdi.  

SHundan so'ng, “Navbahor” futbolchilari sanatkor Rahmatillo No'monov ijrosidagi “Navbahor” qo'shig'iga raqs tushishdi. Namanganlik yana bir hofiz, “Navbahor”ning ashaddiy ishqibozi SHavkat Qayumov (SHavkat Jayron) ham o'zining sevimli jamoamizga bag'ishlangan qo'shig'ini tadbir ishtirokchilariga kuylab berdi.

Tantanali kecha so'nggida hofiz Ramziddin Abdurahmonov o'zining dilrabo kuy-qo'shiqlarini yig'ilganlarga taqdim etdi va muxlislar unga raqs tushishdi.        

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика