So’nggi yangiliklar

08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  0 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  5 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  2 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42

"Navbahor": Yoshlarimiz birinchi yig'inni yakunlashdi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimiz birinchi yig'inni yakunlashdi

17-27 dekabr kunlari oralig'ida yoshlarimizning dastlabki o'quv mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tdi.
Xabaringiz bo'lsa, dekabr oyining ikkinchi o'n kunligida jamoaga iqtidorli futbolchilarni tanlab olish maqsadida tanlov turniri o'tkazilgandi. Mazkur musobaqada ishtirok etgan bir guruh o'smirlar ham mashg'ulotlarda bir necha kun davomida qatnashishdi.

Umumiy hisobda yoshlarimizning dastlabki kungi mashg'ulotlarida 60 nafarga yaqin bolalar shug'ullanishdi. O'tkazilgan nazorat o'yinlari orqali esa iqtidorlilar saralandi. Dastlabki bahs yakuniga ko'ra bir qator yoshlarga javob berilgandi. Dastlabki yig'in so'nggida tashkil etilgan uchrashuvdan so'ng esa tarkibda 26 nafar futbolchi saralab olindi. Yakuniga etgan mavsumda o'zlarini ko'rsatgan etti nafar yoshlarimizni asosiy tarkibga jalb qilinganidan xabaringiz bor. Dastlabki yig'indan keyin  Azizbek Turg'unboevni ham "asosiy"da sinovdan o'tkazish ko'zda tutilmoqda.

Agarda yoshlar qishki tayyorgarlik davrida o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirishni uddasidan chiqishsa asosiy tarkibdan joy olish imkoniga ega bo'lishadi. Yoshlarimizning mashg'ulotlariga Ahmadjon Xolmirzaevni boshchilik qilganligini aytib o'tish joiz. Tohir Madrahimov esa dekabr oyida Toshkentda "A" licenziyasi uchun tashkil etilgan o'quv kursida tahsil oldi.

Dastlabki yig'inda futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan mashqlar bajarilgan bo'lsa kelasi yilning 5 yanvarida boshlanadigan mashg'ulotlarda o'yin amaliyotini shakllantirish va to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishga etibor qaratiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика