So’nggi yangiliklar

01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  29 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  2 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  5 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

"Navbahor" va "Nasaf" murabbiylari o'yinga to'g'ri taktika tanladi. "Paxtakor"da kompaktlik yo'q" - O'zbek klublarining OCHLdagi starti mutaxassis nigohida Yangiliklar

"Navbahor" va "Nasaf" murabbiylari o'yinga to'g'ri taktika tanladi. "Paxtakor"da kompaktlik yo'q" - O'zbek klublarining OCHLdagi starti mutaxassis nigohida

Kuni kecha OCHL guruh bosqichi birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbek klublari starda turli natijalar qayd etishdi. Saudiya Arabistoniga safar qilgan OKMK (0:3) yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Navbahor" (1:1) kuchli raqib maydonida bir ochkoni qo'lga kiritdi. "Nasaf" esa Iordaniyadan ortga uch ochko bilan qaytdi (1:0). "Paxtakor" (0:3) uyda "Al Ayn"dan zarbani qabul qilib oldi. Mazkur uchrashuvlar haqida "sherlar"ning sobiq ustozi, ayni paytda O'zbekiston U-15 terma jamoasida maslahatchi lavozimida faoliyat olib borayotgan Jasur Abduraimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi 

"Paxtakor"

— Albatta natija boz ustiga uyda, bunday tarkib bilan shunchaki daxshat. "Al Ayn"ga etibor bering, ular xotirjam o'z futbolini o'ynamoqda, pressing qilmoqda. "Paxtakor" ham bosim qildi. Lekin bu etarli bo'lmadi. Raqib jamoa o'yinidagi chiziqlar orasida bog'lamlarga qarang. O'yinda kompaktlik bor. Eng muhimi bosimsiz, paslar bilan harakat qilishyapti. Bizning futbolchilarimiz ham yomon emas, lekin bosim qilinganda to'pni yo'qotib qo'yishmoqda. Kompaktlik yo'q, hammasi o'qilgandek taassurot qoldirdi.

"Navbahor"

— Murabbiy o'yinga to'g'ri taktika tanladi, deb o'ylayman. Masalan himoyaga etibor qatargan holda, hujumda imkoniyatni kutib o'ynash menga yoqmaydi. Lekin boshqa tomondan olib qaralganda "Al Hilol" bilan qanday qilib ochiq futbol o'ynash kerak? Ulardagi ijrochilar berilgan yarimta imkoniyatdan ham foydalanib ketadi. Yuqorida aytganimdek taktika ish berdi. "Navbahor" futbolchilari nimani istayotgani malum bo'ldi, muhim durangga erishishdi. Bu tomondan murabbiyni va jamoani olqishlash kerak.

OKMK

— O'yin boshidagi ikkita gol jamoaga ruhiy tomonlama tasir ko'rsatdi. "Al Ittihod" esa OKMK futbolchilarida o'ziga ishonch yo'qligini payqadi va bundan unumli foydalanib qoldi. OKMKning raqibi juda kuchli jamoa edi. "Al Ittihod" ko'rsatgan o'yin menga yoqdi. Aytganimdek, 2ta goldan so'ng futbolchilarning ruhi tushib ketdi. Albatta jamoa o'z o'yinini ko'rsatishga urinib ko'rdi. Ammo ko'p narsa tarkibdagi ijrochilarga ham bog'liq. Murabbiy ham shuni tushungan holda himoyadan o'yin qurishga harakat qildi. Bilasizmi, vaziyat ortda qolgandan so'ng gapirish oson. Uni maydonda his qilib ko'rish ikki karra qiyin. 

"Nasaf"

—"Nasaf"ning raqibi "Al Ittihod" singari kuchli ijrochilarga ega emasdi. SHunga qaramay oson bo'lmadi, deya olaman. "Nasaf" to'g'ri o'ynadi. Qaerdadir hujumga chiqdi, qaysidir pallada o'yindan kelib chiqib himoyada harakat qildi. Bu jamoa kollektiv yaxshi, murabbiyiga ortiqcha tarif shart emas. Ular kompaktni o'yin ko'rsatadi. Bir so'z bilan aytganda Ro'ziqul Berdiev jamoani har xil vaziyatga tayyor holda maydonga tushiradi. Uning ishi jamoada ko'rinib turibdi. Kollektiv ham ahil ekanligi malum. Jamoani o'yiniga qarab kollektiv qandayligini yaqqol sezib olish mumkin. Futbolchilar, murabbiylar bir oila va ahil bo'lsa, istalgan uslubda natija qilish mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика