So’nggi yangiliklar

19:10U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  35 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  1 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  4 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0

"Navbahor" Turkiyadagi so'nggi nazorat o'yinida Rossiya klubini yirik hisobda taslim etdi Yangiliklar

"Navbahor" Turkiyadagi so'nggi nazorat o'yinida Rossiya klubini yirik hisobda taslim etdi

Teglar :  "Navbahor"“Tom”
Turkiyaning Antalya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirayotgan “Navbahor” bugun mazkur yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bahsini Rossiyaning “Tom” (Tomsk) klubiga qarshi o'tkazdi.

"Navbahor"  -  “Tom” 3:0

Gollar: 25' Jamshid Iskanderov, 47' Ivan Salnikov, Igor Golban

"Mazkur o'yinda to'liq ustunlikka erishgan "Navbahor" rossiyaliklarni yirik – 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yin borasida to'xtaladigan bo'lsak, “lochinlar” uchrashuvning 25-daqiqasida tajribali yarim himoyachi Jamshid Iskanderovning ajoyib tarzda amalga oshirgan jarima zarbasidan so'ng, hisobni ochib, tanaffusga 1:0 hisobidagi  g'alaba bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limni hujumkor tarzda boshlagan vakillarimiz tezkor gol urishga muvaffaq bo'lishdi. 47-daqiqada  jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov 30 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli zarba yo'llagan holda, Ivan Salnikov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga olib, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida tajribali himoyachi Igor Golban jarima zarbasini chiroyli tarzda amalga oshirgan holda, tomskliklar darvozasini aniq nishonga olib, yakuniy hisobning 3:0 ko'rinish olishini taminladi.

Samvel Babayan shogirdlari Turkiyadagi ikki haftalik yig'inni bugun yakunlashdi va ertaga yurtimizga qaytishadi.

“Lochinlar” Antalyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida  5 ta nazorat-sinov bahslari o'tkazib, Qozog'istonning “Akjayik” (1:0) hamda “Qayrat” (1:0), Armanistonning “Alashkert” (1:0) va Rossiyaning “Tom” (3:0) klublarini mag'lubiyatga uchratib, faqatgina Rossiyaning “Ximki” (1:2) jamoasiga imkoniyatni boy berishdi, xolos", -deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика