"Navbahor" Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan durang o'ynadi
22 iyu 2022 22:01
Yangiliklar
"Navbahor" Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan durang o'ynadi
Namanganning "Navbahor" klubi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan durang o'ynadi.
Uchrashuvning 27-daqiqada Igor Golbanning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini Diyor Turopov darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi – 1:0. Oradan 2 daqiqa o'tar-o'tmas, dushanbeliklarning qarshi hujumi vaqtida O'tkir Yusupov raqib futbolchiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Natijada uchrashuv bosh hakami Ibrohim Ismoilov "Navbahor" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini "Istiqlol" sardori Manuchehr Jalilov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1. SHundan so'ng o'yinda hisob o'zgarmadi.
"Navbahor" - "Istiqlol" - 1:1.
Gollar: Diyorjon Turopov (27) - Manuchehr Jalilov (29-pen.)


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar