So’nggi yangiliklar

10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  3 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11

"Navbahor" taqdimot marosimini o'tkazdi Yangiliklar

"Navbahor" taqdimot marosimini o'tkazdi

27 fevral kuni Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida “Navbahor”ning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimdan oldin mazkur majmuaga yig'ilgan mingdan oshiq muxlislarga viloyat sanatkorlari o'zlarining dilrabo kuy-qo'shiqlarini havola etishdi.

Marosimda klub vakillari bilan birga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov va viloyat sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Viloyat rahbari hamda rasmiy mehmonlar jamoa futbolchilariga yangi mavsumda to'p tepadigan raqamlari yozilgan futbolkalarni topshirishdi.


Unga ko'ra, 2022 yilgi mavsumda darvozabonlar – O'tkir Yusupov – 1, Rahimjon Davronov – 35, Ozodbek Marupov – 41, himoyachilar – Egor Krimec – 2, Boyan Ciger – 4, Rustamjon Ashurmatov – 6, Igor Golban – 22, Davronbek Hoshimov – 24, Stanislav Andreev – 28, Muhammadbobir Mo'ydinov – 70, yarim himoyachilar – Azimjon Ahmedov – 7, Jamshid Iskanderov – 10, Islom Kenjaboev – 11, Jamshid Boltaboev – 14, Ehsoni Panshanbe – 17, Nurillo To'xtasinov – 19, Yovan Jokich – 23, Elguja Grigalashvili – 30, Javohir Husanov – 48, Muzaffar Mo'minov – 64, Asadbek Sobirjonov – 77, hujumchilar – Ibrohim G'anixonov – 9, Zoran Marushich – 32, Andrey Sidorov – 99 – raqamlarda jamoa sharafini himoya qilishadigan bo'ldi.


 SHuningdek, muxlislarga jamoa murabbiylar shtabi hamda xodimlari ham tanishtirilib o'tildi.

Marosim davomida “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan, jamoa sardori Azimjon Ahmedov hamda gruziyalik yarim himoyachi Elguja Grigalashvilar so'zga chiqib, jamoaga yaratib berilgan alo sharoitlar uchun Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov, klub rahbariyati, shu jumladan, klub prezidenti Otabek Samatovlarga o'z minnatdorchiliklarini bildirib, bo'lajak mavsumda viloyat hokimi, klub rahbariyati va muxlislar ishonchini oqlash uchun bor kuch, mahorat hamda imkoniyatlarini ishga solishlarini etirof etishdi.
 


SHundan so'ng, Namangan viloyati hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov so'zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev Namangan viloyatiga tashriflari chog'ida “Namangan o'zbek futboliga Odil Ahmedov singari istedodli, vatanparvar futbolchini etkazib berganligi bilan faxrlanishi, “Navbahor” muxlislari Angliya. Italiya va Franciya futbol fanatlaridan qolishmasligi, viloyat shahar va qishloqlarida Odil Ahmedovning izdoshlari yana ko'plab topilishi, “Navbahor” futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi”ni tashkil etib, Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirish” borasida fikr bildirganliklari, Yurtboshimizning ushbu gaplaridan kelib chiqqan holda, nafaqat yurtimiz, balki sobiq ittifoq va Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan, milliy chempionatimizning eng sovrindor jamoalaridan biri bo'lgan “Navbahor”ning oldingi shonli tarixini tiklash maqsadida jamoa tarkibi tajribali va mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirilib, “Navbahor”ning oldiga yangi mavsumda Osiyo CHempionlar Ligasi (OCHL) yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilganligini takidlab, yangi mavsumda “lochinlar”ga omad yor bo'lishini tiladi.


So'ngra, monitorda “Navbahor” Media va matbuot xizmatlari tomonidan tayyorlangan, 2021 yilgi mavsumning eng yorqin lahzalari aks etgan videorolik namoyish etildi.

Marosim yakunida jamoa murabbiylar shtabi hamda futbolchilari viloyat rahbari va klub rahbariyati bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi.





Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика