"Navbahor": “Neftchi” bilan o'yinni Ermatov boshqaradi
13 mar 2017 13:51
Yangiliklar


"Navbahor": “Neftchi” bilan o'yinni Ermatov boshqaradi
PFL bugun 3-turdan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqaradigan hakamlar brigadasini elon qildi.
Unga ko'ra 16 mart kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov brigadasi boshqarib boradi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini Aleksandr Lupashko bajaradi. Nazoratchi sifatida Namanganga Andrey Klepikov, PFL vakili sifatida esa Noil Lutfulin tashrif buyuradi.“Neftchi” bilan o'tadigan uchrashuvga jamoamiz azolari bugundan tayyorgarlik ko'rishni boshlashadi. Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi o'yin 16 mart kuni soat 17.00da boshlanadi. Yoshlar o'rtasidagi bahs esa bir kun oldin To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
00:27
Ravshan Ermatov: "O'rtoqlik o'yinlari haqida bir to'xtamga kelganimizdan so'ng xabar beramiz" 21
23:21
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 1
00:43
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 0

Fikrlar