So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  1 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  0 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  6 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvini kim boshqaradi? Yangiliklar

"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvini kim boshqaradi?

Superliganing 2-turidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishlaydigan rasmiy shaxslar, o'yinni boshqaradigan hakamlar nomi elon qilingani yo'q.

Keling, hozir 2-tur uchrashuvlari ichida eng markaziy to'qnashuv bo'lmish Namangandagi bahs - "Navbahor" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yinni kim boshqarishi mumkinligiga nazar solamiz.

Birinchi turdagi "Navbahor"ning Toshkentga qilgan tashrifi chog'ida "Paxtakor" bilan bo'lgan uchrashuvdagi hakamlik va bellashuvdan keyingi mashmashalardan keyin "Loko"ga qarshi bo'lajak to'qnashuvda ham kim hakamlik qilishi aktual mavzu bo'lib qolishi tabiiy.

Ayni damda "Navbahor" ishtirokidagi o'yinda, ayniqsa markaziy to'qnashuvda ko'p ming sonli ishqibozlar qarshisida bosim tasiriga tushmaydigan, hamma jihatlar bo'yicha uchrashuvda ishlashi mantiqan to'g'ri bo'lgan hakamlar guruhi bo'yicha tanlov nisbatan kam.

"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvida toshkentlik hakamni o'yinga tayinlash mantiqan noto'g'ri va bunda neytrallik talablari buzilishi mumkin. Oddiy misol, dastlabki turdagi "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuviga ham aynan mazkur jihat inobatga olinib, toshkentlik hakam o'rniga neytral bo'lgan buxorolik Ilgiz Tantashev tayinlangandi.

SHu boisdan ham Namangandagi bo'lajak uchrashuvga katta ehtimol toshkentlik hakam tayinlanmaydi. SHunda neytral bo'lgan hakamlar ichidan uchta referi qoladi: Temur To'xtasinov (Andijon) va Zokir Qodirov (Navoiy). Ilgiz Tantashev esa yaqinda "Navbahor" o'yinin boshqarib katta etirozlar ostida qolgan va kecha O'FA mazkur referini hali boshlanishi malum bo'lmagan quyi ligaga 1 oyga chetlatdi. Demak dastlab Ilgiz Tantashev varianti avtomatik ravishda yo'qoladi.

Ikkinchi boshqarishi mumkin bo'lgan, lekin vodiydan bo'lgani tufayli Namangandagi bahsda andijonlik Temur To'xtasinov "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvini boshqarish ehtimoli nisbatan kamroq.

Eng katta ehtimol sifatida uchinchi variant, Navoiy shahridan bo'lgan Zokir Qodirov tanlovi har taraflama mazkur uchrashuvda ishlashga mantiqan to'g'ri keladi. SHuningdek, o'yin bosimi va markaziyligi tarafdan ham bu to'qnashuvga bunday o'yinlarda pishgan va muxlislar tasiriga tushib qolmaydigan hakam kerak bo'ladi. Zokir Qodirov esa bunday bosim va katta o'yinlarni qanday boshqarishni biladigan xushtak egasi sanaladi.

Oddiy misol, 2017 yilgi mavsumdagi Qarshida o'tgan katta shov-shuvli, "Yil o'yini" etirofiga munosib ko'rilgan "Nasaf" - "Paxtakor" (4:0) uchrashuvida ham aynan Zokir Qodirov tayinlangan va bellashuvni alo tarzda boshqargandi.

Mazkur jihatlarni inobatga olgan holda, Namangandagi bo'lajak o'yinda Zokir Qodirov brigadasi ishlash ehtimolini yuqori baholasa bo'ladi.

Tez orada PFL kelasi tur o'yinlarida ishlaydigan hakamlar nomini elon qiladi va ushbu ehtimoliy nazariya qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri, markaziy o'yinda kim ishlashiga aniq javobni olamiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика