So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Navbahor" legioneri Marushich: "O'rtoqlik o'yinlarida hech qachon bunday atmosferada to'p tepmaganman" Yangiliklar

"Navbahor" legioneri Marushich: "O'rtoqlik o'yinlarida hech qachon bunday atmosferada to'p tepmaganman"

Turkiya yig'inida qatnashayotgan "Navbahor"ning yangi azosi, serbiyalik hujumchi Zoran Marushich saytimiz xodimlariga intervyu berdi.

- Yig'in haqida fikrlaringiz?

- Ob-havo va maydon holati zo'r, yigitlar ham o'zaro juda ahil. Mashg'ulotlar yaxshi tempda davom etmoqda, mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- Sobiq klubingiz ("Dinamo" Tbilisi - tahr.) bilan kichik muammo yuzaga kelgandi. O'sha muammo hal qilindimi?

- Hozircha yo'q. Menimcha, bir haftada hal bo'lib qolsa kerak.  

- Bu holat o'zi qanday kelib chiqqandi?

- "1+1" ko'rinishidagi shartnoma "Dinamo" (Tbilisi) tomonidan noto'g'ri tuzilgan ekan. Hozir bu ish bilan advokat shug'ullanmoqda. Tez orada hammasi mening foydamga hal bo'ladi.

- Demak, yangi mavsumni "Navbahor"da boshlaysiz...

- Ha, albatta.

- Ilk taassurotlaringiz qanaqa?

-  Barchasi super!  "Navbahor" safiga qo'shilganimdan xursandman. Jamoa yaxshi shakllangan, jamoadoshlarim ham ajoyib. 

- Siz Namanganda o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashdingiz. O'sha o'yinlarga ancha muxlis keldi. Bu borada nima deya olasiz?

- Juda yoqimli bo'ldi. O'rtoqlik o'yinlarida hech qachon bunday atmosferada to'p tepmaganman. CHempionatda qanday bo'lishini tasavvur qilish qiyin emas. Qo'llab-quvvatlagan namanganliklarga rahmat!


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика