O'rtoqlik uchrashuvida "Rubin" "Navbahor"ni tor-mor etdi, Rahmonaliev gol urdi
01 fev 2023 21:25
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvida "Rubin" "Navbahor"ni tor-mor etdi, Rahmonaliev gol urdi
Turkiya yig'ini doirasida Namanganning "Navbahor" Rossiyaning "Rubin" klubiga qarshi bellashdi.
Uchrashuvda Rossiya klubi raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Ulardan beshinchisiga Umarali Rahmonaliev mualliflik qildi.
"Navbahor" — "Rubin" 0:6
Gollar: Dmitriy Kabutov (4, 38), Joel Fameye (30), Marat Apshacev (60), Umarali Rahmonaliev (62), Luka CHermel (avtogol, 77)
"Navbahor": O'tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Milosh Milovich, Luka CHermel, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Abror Ismoilov, Jasur Yaxshiboev, SHohro'z Norxonov, Temirxo'ja Abduxoliqov
"Rubin": Belenov, Kabutov, Ashurmatov, Martinovich, Gricaenko, Samoshnikov, Zotov, Zagoev, Bezrukov, Fameye, Lisakovich
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar