So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  1 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  7 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

“Navbahor” 10 million, uch nafar futbolchisi 5 million so'mdan jarimaga tortildi Yangiliklar

“Navbahor” 10 million, uch nafar futbolchisi 5 million so'mdan jarimaga tortildi

Superliga 21-turi doirasidagi “Navbahor-Lochinlari” (Namangan) – “Buxoro” (Buxoro) uchrashuvining 81, 89 va 90+4 daqiqalarida mezbonlardan Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov va Oston O'runov bosh hakam tomonidan ogohlantirildi.

Butun uchrashuv, xususan, yuqorida ko'rsatib o'tilgan daqiqalarni alohida o'rganib chiqqan PFL komissiyasi bu uch futbolchining sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan hatti-harakatlarini shubhali baholadi.

Komissiya azolari bunda mazkur uch futbolchi hisobida bungacha 3tadan sariq kartochka bo'lgani, shuningdek, “Navbahor”ning Superliga 22-turidan joy olgan “Qizilqum”ga qarshi o'yini “oltin ochko” tizimidan chetda turganini inobatga olgan. Qolaversa, futbolchilar sariq kartochkalarni mug'ombirlik yo'li bilan “ishlab olgani” yaqqol ko'ringan.

SHu munosabat bilan Musobaqalar reglamentining “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 5-bo'lim 5.6 bandida ko'rsatilgan “ahloqiy meyorlarga amal qilmaslik, mug'ombirlik ishlatish hamda sportchiga xos bo'lmagan xulqi uchun” qismiga bepisandlik bilan munosabatda bo'lgani uchun “Navbahor” futbol klubi 10 000 000 (o'n million) so'm miqdorida jarimaga tortildi.


Reglamentning yuqorida ko'rsatilgan bandiga rioya qilmagani uchun futbolchilar – Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov va Oston O'runov 22-tur uchrashuvidan tashqari, endilikda 23-tur o'yinlaridan ham diskvalifikaciya qilindi hamda har biri 5 000 000 (besh million) so'mdan jarima to'laydi.

SHuningdek, futbolchilarining bu kabi ishlariga yo'l qo'yib bergani uchun “Navbahor-Lochinlari” murabbiylar shtabi, xususan, Ilhom Mo'minjonov jiddiy ogohlantirildi. Bu hol uning boshqaruvidagi klub bilan yana bir bor takrorlansa, Mo'minjonovni jiddiy sankciyalar kutishi mumkin.

Reyting: -437   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика