"Pantera" "Santyago Bernabeu"ga
qaytganidan xursand
27 noy 2019 13:44
Yangiliklar
"Pantera" "Santyago Bernabeu"ga qaytganidan xursand
PSJ darvozaboni Keylor Navas CHempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida "Real"ga qarshi o'tgan o'yin (2:2) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizga juda kuchli va buyuk jamoa qarshilik qildi. Birinchi bo'limda o'yinga kirishib keta olmadik. Biror narsani o'zgartirish ehtiyoji bor edi. Takidlash joizki, hozir jamoamizda ruhiyat va hamjihatlik eng yuqori darajada.
Bu erga qaytib kelish, Madrid ahli tomonidan bunday kutib olinishim va juda ajoyib xotiralar qolgan stadionda o'tkazgan o'yinimdan juda xursandman", - deydi Navas.
Keylor Navas "Real" safida 2014 yildan 2019 yilgacha o'ynagan. Madrid klubi va PSJ allaqachon CHempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'llanma olishdi. Francuz klubi "A" guruhida 5 o'yinda 13 ochko to'plagan bo'lsa, "Real" 8 ochkoga ega bo'ldi.
Fikrlar