So’nggi yangiliklar

12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2

Nasim SHoyimov: "O'zbek futbolida pasayish kuzatilmoqda" Yangiliklar

Nasim SHoyimov: "O'zbek futbolida pasayish kuzatilmoqda"

Barchaga yaxshi tanish bo'lgan sobiq futbolchi Nasim SHoyimov bir qator savollarga javob qaytardi.

- Bugungi kunda Nasim SHoyimov qaerda va nima ishlar bilan mashg'ul?
- Hozirgi kunda men Qashqadaryo viloyati bolalar o'smirlar futbol akademiyasida sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqdaman.

- Futbolga kirib kelishingiz haqida aytib bersangiz...

- Futbolga kirib kelishimga otam sababchi bo'lganlar, u kishi o'zlari shifokor bo'lishlariga qaramay dastlab "Medik" , keyinchalik "Veteran" degan jamoa tuzgan edilar. Bilasizmi, men shu jamoalarga to'p olib kelib berish bilan shug'ullanardim. Bolaligimda maktablar o'rtasida futbol musobaqalari tashkil etilardi. Aynan mana shu musobaqada mashhur murabbiy Vagiz Barisovich oldimga kelib, meni o'z jamoasiga taklif qilgan. Bu murabbiy bilan 3 oy davomida shug'ullandim, keyinchalik u meni Abdurahmon Yumangulovga topshirdi. SHu tariqa katta futbolga kirib keldim.

- Professional futboldagi faoliyatingiz qanday boshlangan?

- Professional futboldagi faoliyatim 1996 yilda "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvida boshlangan. Oliy ligada o'ynab ketishimga murabbiy Usmon Toshevning hissasi juda katta. Aynan Usmon Toshev mani "Buxoro" jamoasiga taklif qilgan.

- "Neftchi"ga o'tishingiz qanday sodir bo'lgan?

- "Buxoro"da o'ynab yurgan vaqtlarim Farg'onada "Cementchi"ga qarshi o'yin o'tkazgandik. O'sha o'yindan keyin menga "Neftchi" bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan qiziqayotganligini aytishdi. Men o'z navbatida taklifni qabul qildim va "Neftchi" safiga qo'shildim.


- "Neftchi" jamoasi safida o'tgan yillaringiz haqida nimalarni ayta olasiz?

- "Neftchi"dagi faoliyatim bilan bog'liq xotiralar hamisha qalbimda qoladi. Futbolchilik faoliyatimdagi eng yorqin davrim aynan shu jamoa safida o'ynagan yillarim bo'lgan. O'zbekistonning besh karra chempioni - "Neftchi" jamoasi muxlislari bilan do'stona munosabatlarni saqlab qolganmiz.

- Bir kun kelib sizga"Neftchi"ni boshqarish taklifi tushsa, buni qanday qabul qilardingiz?

- SHaxsan meni "Neftchi"ni boshqarishga tajribam ozlik qilishi mumkin. O'zining shonli tarixiga ega bo'lgan bu kabi buyuk jamoani boshqarish kishiga juda katta masuliyatni yuklaydi, men bunga tayyor emasman.

- Sizning futbolchilik davringiz bilan aynan hozirgi futbolda kanday farq bor deb o'ylaysiz?

- Mening futbolchilik davrimda individual harakatlarga ega futbolchilar soni ko'p bo'lar edi. Hozirgi futbolda jamoaviy va taktik uslublarga ko'proya etibor berilmoqda.

- O'zbek futboli haqida nimalarni ayta olasiz?

- Fikrimcha, o'zbek futbolida biroz pasayish kuzatilmoqda. Bu vaqtinchalik xolat, lekin bolalar futbolini tizimli tarzda yo'lga qo'ymas ekanmiz, doim bir qadam qolganda qoqilib yuraveramiz.


Abdulaziz Abduvohidov suxbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика