So’nggi yangiliklar

15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  13 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  5 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  2 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   30 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  64 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  9 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9

"Nasaf": Yoshlar ligasi: “Neftchi” – “Nasaf” 2:2 Yangiliklar

"Nasaf": Yoshlar ligasi: “Neftchi” – “Nasaf” 2:2

Qirgulida “Neftchi” yoshlariga qarshi maydonga tushgan o'rinbosarlar jamoasi so'nggi daqiqalarda bir ochkoni qo'lga kiritishdi.

O'yinning birinchi bo'limi mezbonlar uchun omadli kechdi. 33-daqiqada “Neftchi” futbolchisi Muhsinjon Ubaydullaev jarima maydonchasiga kirib keldi va to'pni uzoq pastki burchakka yo'llashga erishdi. To'p darvoza ustuniga tegib to'rga yo'l oldi -1:0. Bo'lim tugashiga sakkiz daqiqa qolganida bosh hakam yarim himoyachimiz Doniyor Narzullaevni raqibga qo'pol munosabatda bo'ldi deb topdi va uni maydondan chetlatdi.

Ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazganiga qaramay iroda namoyish etishdi. 48-daqiqada Alisher Yusupovning chamasi 25 metrlar uzoqlikdan yo'llagan aylanma zarbasi Smorodin qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagiga yo'l oldi – 1:1. 68-daqiqada  zaxiradan maydonga tushgan Islom Toshpo'latov tomonidan yo'llangan  jarima to'pi “Nasaf” darvozasidan joy oldi -2:1. O'yin tugashigan sanoqli soniyalar qolganda Bobir Abduholiqovning chamasi 22 metrlar uzoqlikdan yo'llagan zarbasi darvozaning pastki chap burchagiga yo'l oldi. “Neftchi” posboni to'pni qaytarishga harqancha urinmasin, zarba golga aylandi -2:2.
 

Yoshlar ligasi, 10-tur. 22.05.2015

“Neftchi” – “Nasaf”  2:2 (1:0)

Qirguli. 1068 tomoshabin.

Hakamlar
: Igor Gormashov (Toshkent), SHohruh Azamov (Farg'ona), Qahramon Sobirov (Qo'qon),  Anvar O'rinov (Farg'ona).

Nazoratchi: G'ayrat Karimov.

“Neftchi”: 1. Sergey Smorodin, 3. Sardor Qulmatov, 10. Murodbek Bobojonov (15. Hayot Yakubov, 46), 17. Abdullajon Mirzaev (7. Jahongir Dadaboev, 56), 20. Muhsinjon Ubaydullaev (11. Tohir Karimov, 46), 25. Anvarjon Aminjonov (5. Islom Toshpo'latov, 24), 27. Komronbek Kopadze, 29. Zokirjon Nurmatov, 30. Tavakkaljon Abdurahmonov (23. Riza Ayvazov, 64), 40. Oybek Nurboev, 77. Xurshidbek Asqaraliev (8. Otabek Mahamadjonov, 77)
Zaxirada: 81. G'anijon Qobilov.

“Nasaf”: 1. Alibek Turobov, 4. Samandar Ochilov, 5. Rahimbek Javliev, 7. Akramjon Bahritdinov (s) (33. Jahongir Qurbonboev, 76), 9. Dilshod Xushbakov (19. Dadajon Mamatqulov, 67), 10. Islom Rashidxonov (29. Akmal Olimov, 64) , 24. Botirjon To'raev (22. Islom Kenjaboev, 59), 28. Alisher Yusupov (27. Akbar Murodov, 86), 34. SHarof Muhitdinov, 38. Doniyor Narzullaev, 57. Azizjon G'aniev (14. Bobir Abdiholiqov, 80).
Zaxirada: 30. O'tkir Yusupov.

Gollar: Muhsinjon Ubaydullaev (33) Islom Toshpo'latov (68) – Alisher Yusupov (48), Bobir Abduholiqov (90).

Ogohlantirish: H. Yakubov (63) -  SH.Muhiddinov (45).  R. Javliev (74).

CHetlatish: Doniyor Narzullaev (37).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика