So’nggi yangiliklar

02:30Ла Лига. ​"Атлетико" "Райо Вальекано"га қарши ўйинда камбэк амалга ошириб, ғалаба қозонди. Альваресдан феноменал ўйин  1 02:14Европа лигаси. "Рома" ғалабага эришди, "Бетис" ва "Ноттингем" муроса кўчасини танлашди, "Фенербаҳче" эса ютқазди  0 01:55Англия лига кубоги. "Манчестер Сити", "Арсенал", "Тоттенхэм ва "Ньюкасл" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:54"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси рўйхатига киритади. УЕФА қоидаларга ўзгартириш киритган  1 00:35Руни: "Одамлар Месси кучлироқ деганим учун мени Роналдуни ёмон кўради деб ўйлашади"  3 00:03УЕФА Исроилни четлатмайди. Бу масала кун тартибидан олиб ташланди  13 23:35ФИФА Жаҳон чемпионати иштирокчилари сонини оширмайдиган бўлди  2 22:49Айбек Нурбаев: "Олимпик MobiUz"ни яхши ўрганган эдик"  3 22:22Янги мавсумдаги илк "Эл Класико"нинг бошланиш вақти ва санаси аниқ!  1 22:06Футзал. Ўзбекистон мағлуб бўлди, лекин Осиё чемпионатига чиқди  9 21:45Алонсо ва Флик – Ла Лигада сентябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга номзод  5 21:25Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қирғизистонга имкониятни бой берди  35 20:54Рио Фердинанд: "Руни – АПЛ тарихидаги энг мукаммал ҳужумчи. Йиртқични Кейн, Ширер ёки бошқалар билан солиштирманг"  5 20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  7

"Nasaf" nima sababdan mag'lubiyatga uchradi? "Al SHabab"ga qarshi o'yinning taktik tahlili Yangiliklar

"Nasaf" nima sababdan mag'lubiyatga uchradi? "Al SHabab"ga qarshi o'yinning taktik tahlili

O'yin uslubi bo'yicha yomon taassurotga ega emasmiz.

Kecha oqshom “Nasaf” OCHLning 1/8 finali doirasida “Al SHabab”ga qarshi maydonga tushdi va afsuski, imkoniyatni boy berdi. “Championat.Asia” muxbiri Nikolay Egorichev uchrashuvning qisqacha taktik tahlilini tayyorlab, Qarshi klubiga g'alaba qozonish uchun nima etishmaganini aniqlashga harakat qildi.


G'ayrioddiy sxema

“Nasaf”ning uchta markaziy himoyachi sxemasi bo'yicha o'ynaganidan boshlasak, bu juda kam uchraydigan holat sanaladi. O'tgan mavsum qarshiliklar ko'proq 4-2-3-1 sxemasida o'ynagan.

To'g'ri, Ro'ziqul Berdiev 3-x-x modeliga bir necha bor murojaat qilgan. Uchta markaziy himoyachi principial jihatdan ancha yaxshi harakat qildi - Davronov, Aliqulov, G'aybullaev.


Tayanch zonasidagi sustkashlik

Jamoa sardori – Umar Eshmurodov “Al SHabab”ga qarshi o'yinda tayanch zonasida Akmal Mozgovoyga yordam berish uchun biroz oldinroqda harakat qildi. Ammo aynan ularning zonasi orqali “Al SHabab”ning dastlabki goli yuzaga keldi.

Al Monassar bir vaqtning o'zida Eshmurodov va Mozgovoy orasidan "kesma" pas qabul qilib oldi. Natijada mezbonlar yarim himoyachisi to'p bilan 20 metr masofaga yugurdi va tegishli qarshilikka duch kelmagan holda raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay rikoshet hosil qilib, "Nasaf" posbonini chalg'itdi hamda darvoza to'ridan o'rin oldi.

Suratda biz Mozgovoy qanday qilib Al Monassarga eta olmaganini va Eshmurodovning esa ochiqchasiga qarshilik qilishga ulgurolmaganini guvohi bo'lishimiz mumkin.


O'yin rejasi

“Al SHabab”ga qarshi ochiq o'yin namoyish etish xavfli ekanligi ayon edi. Albatta, Ro'ziqul Berdiev jamoasi "ikkinchi raqam" sifatida harakat qilishini rejalashtirgandi, ammo tezkor o'tkazib yuborilgan to'p barcha rejalarni o'zgartirib yubordi.

“Nasaf”ga hurmat bajo keltirgan holda shuni tadiklash joizki, jamoa tezda o'zini o'nglab olib, bir necha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Bu ilk navbatda Oybek Bozorovning say-harakatlari bilan bog'liq - u vaziyatni ajoyib tarzda o'qiy oldi, raqib darvozasi yonida to'pni olib qo'ydi hamda biroz yuqori nuqtaga zarba yo'lladi. Bunda u jamoadoshi orqali ham hujumni davom ettirishi mumkin edi, lekin Oybekning o'zi raqib jarima maydoniga yorib kirishga qaror qildi. Bu vaziyatda “Nasaf”ning pressingi qoyilmaqom harakat qildi, o'tkazib yuborilgan gol oldidan esa bu holat deyarli kuzatilmadi – jamoa orqaga chekinib, o'rta blok bilan himoyalandi.


Bozorovning raqib jarima maydonchasida to'pni egallashi

Bunda SHerzod Nasrullaev bilan bog'liqlikni ham alohida takidlash joiz. Havodagi uzatmalardan birida boshqa qanot himoyachisi – Jurabek Mannonov hujumga qo'shildi. Bu kabi holatlarni "Atalanta"da ko'p bora guvohi bo'lganmiz.

O'tkazib yuborilgan goldan so'ng “Al SHabab” Abduvohid Nematov darvozasi qarshisida keskinlik yuzaga keltirdi, ammo mezbonlar ikkinchi golga juda yaqin kelishdi, deb bo'lmaydi. “Nasaf” mustahkam himoyalandi.

Umuman olganda, mazkur o'yinda pressing qarshiliklarning deyarli asosiy quroli bo'ldi. Hujumkor o'yinchilar "Al SHabab" darvozaboni va himoyachilariga bosim o'tkazganda, ular ko'pincha to'pni yo'qotishdi.


Vaziyatlardan foydalanish

“Nasaf”da birinchi bo'limda ikkita qulay imkoniyat yuzaga kelganini yuqorida takidlab o'tgandim. Birinchisida Bozorovga aniqlik etishmadi, ikkinchisida Mannonov ancha yuqori masofaga zarba berdi.

Ammo ikkinchi bo'limda “Nasaf” hujumda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. SHu jumladan, Mannonov faol harakat qilib, ikki marotaba o'ng qanotdan sheriklariga yaxshi uzatma amalga oshirdi. Ulardan birida Bozorovga yana omad kulib boqmadi - u to'pga to'g'ri moslasha olmadi va ko'ngildagidek zarba yo'llamadi.


O'tkazib yuborilgan ikkinchi to'p yana tayanch zonasining sustkashligi natijasida sodir bo'ldi

Ever Banega "Al SHabab"ning ikkinchi golini urishida ham tayanch zonasining oxirigacha jon kuydirmaganini qayd etib o'tish lozim. Banegadek mahorat egasiga katta bo'shliq yaratib berish kerak emasdi. Hattoki u o'zi uchun noqulayroq bo'lgan chap oyog'ida darvoza burchagini aniq nishonga oldi.

SHunchaki tomosha qiling - Banega tamomila yolg'iz, uning atrofidagi besh metr masofada birorta "Nasaf" futbolchisini topa olmaysiz!

SHundan so'ng “Al SHabab” o'yin tempini xotirjamlik bilan g'alaba tomon etakladi. “Nasaf” OCHLni tark etib, o'z o'yini borasida turlicha taassurot qoldirdi.

Albatta, qaysidir manoda buni omadsizlikka yo'yish mumkindir, ammo "Al SHabab" kabi raqibga qarshi o'yinda sifatli o'yindan tashqari, ko'pincha omad ham zarur bo'ladi. Dastlabki o'tkazib yuborilgan gol - ko'ngilsiz holat, ikkinchisi esa aniq asosga ega sanaladi. Ikkala to'p ham tayanch zonasi orqali ishg'ol etildi.

SHuningdek, Bozorovniki singari yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanish darkor. Hech bo'lmaganda, ikkitadan bittasini aniq ijro etish lozim.


Nikolay Egorichev

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика