So’nggi yangiliklar

19:18"Ливерпуль" - "Фулхэм" баҳси учун таркиблар маълум бўлди  0 19:10"Арсенал" - "Эвертон". Кимлар асосий таркибда?  0 18:47Бензема ва Мбаппе бир-бирини ёмон кўрадими?  1 18:18"Милан" устози хатолар учун Теони асосий таркибдан чиқариб ташламоқчи  2 18:15Эшитдик-да! Александр Хомяков кейинги мавсумда ҳам "Андижон"ни бошқаради  2 17:38ЎФА Конгресси ва тақдирлаш маросими  3 17:162024 йилнинг энг яхши болалар мураббийи Бобур Абдураҳмонов: "Мавсум бошида йилни требл билан якунлашни ният қилган эдик"  1 17:10Англия терма жамоаси концерт туфайли ЖЧ саралаш ўйинини "Уэмбли"да ўтказа олмайди  3 17:10Кўпчилик илғамай қолган статистика  1 16:412024 йилнинг энг яхши мураббийи Тимур Кападзе: "Бу натижаларга биргаликда эришдик"  8 16:27"Манчестер Сити" собиқ футболчиси энди мамлакат президенти  4 15:22Ольмо ўзининг гол нишонлашини бренд сифатида рўйхатдан ўтказди  10 14:44Абдусалом Азизов ЎФА президенти сифатида фаолиятини давом эттиради  0 14:39Йил якунларига аталган ЎФА Конгресси бўлиб ўтди  16 13:50Артета ўйин вақти 90 дақиқадан камроқ бўлиши керак деб ҳисобламоқда  8

"Nasaf" chempionligining siri nimada? Yangiliklar

"Nasaf" chempionligining siri nimada?

"Ajdarlar" o'z tarixida ilk marotaba mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

Qarshining "Nasaf" klubi uzoq kutilgan titulga ega chiqdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bir necha yildan buyon chempionlik uchun muntazib kurashib kelayotgandi, biroq mavsum so'ngida jamoaga nimadir etishmasdi. Joriy mavsum esa Qashqadaryo klubi muddatidan ilgari chempionlikni tantana qildi. Keling, "qizillar"ning chempionlik sari yurishida nimalar sabab bo'lganini ko'rib chiqamiz.

CHempionlik ishtiyoqi

So'nggi yillarda "Nasaf" katta ishtiyoq bilan chempionlik sari talpinayotgandi. Biroq keraksiz o'yinlarda ochko yo'qotishlar jamoaning oyog'idan tortib qolayotgandi. Amaldagi chempion "Paxtakor"ni bir qancha etakchilar tark etgani ham chempionat avvalidayoq kurash qizg'in kechishini belgilab bergandi. Mavsum avvalida "Nasaf" oldiga chempionlik vazifasi qo'yildi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z intervyularida ko'p marotaba takrorladi. Bu ishtiyoq mavsum boshidanoq ko'zga tashlandi.

Asosiy tarkib o'zagining bir necha yildan beri shakllanib kelayotgani

"Nasaf" tarkibining katta qismi klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari ekanligidan ko'pchilikning xabari bo'lsa kerak. SHu jumladan, bosh murabbiyi va asosiy tarkib o'zagi bir necha yildan saqlanib va shakllanib kelayotgani futbolchilarning bir-birini tushunib harakat qilishi va yo'qotishlar o'rnini boshqalar bilan to'ldirilishiga zamin hozirladi. Masalan, munatazam maydonga tushadigan G'aybullaev – 2017, Nematov, Nasrullaev, Mozgovoy, Bozorov — 2018, Stanoevich — 2020, Davronov 2021 yildan beri klub tarkibidan o'rin olgan. Qolaversa, jamoaga kelganiga ko'p bo'lmagan hujumchi Zoran Marushich asta-sekin jamoaga moslashdi va muhim o'yinlarda o'z gollari bilan foyda keltirdi.

CHempionlik uchun boshqa davogarlar, masalan, "Navbahor" va "Neftchi" jamoalari o'z tarkibida bir nechta yulduz futbolchilar bilan kuchaytirib oldi, biroq ularning barchasi ham jamoaga kutilganidek moslashib keta olmadi.

Qurbonlik

"Nasaf" deyarli har yili uchta musobaqada g'oliblik uchun kurash olib borardi, shu sabab mavsum so'ngida futbolchilarda charchoq alomatlari yuzaga kelib, bu natijalarga ham o'z tasirini o'tkazardi. Joriy mavsum esa, o'ylashimcha, "Nasaf" Superligadan boshqa musobaqalardan "voz kechdi" va asosiy etiborini chempionatga qaratdi. So'nggi yillarda O'zbekiston kubogini o'ziniki qilayotgan qarshiliklar joriy yil guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashib qo'yaqoldi. SHu bilan birga, Osiyo CHempionlar ligasining ikkinchi darajali musobaqasi ham "ajdarlar" uchun ustuvor vazifa emasdek tuyuldi. Yodingizda bo'lsa, klub dastlabki ikki turda 4 ochko jamg'argandi va 3-turdagi g'alaba ularga keyingi bosqich uchun katta imkoniyat taqdim etardi. Biroq o'sha pallada chempionlik uchun kurash avjida bo'lgani sababli Ro'ziqul Berdiev Marushich, Siddiqov kabi etakchilarga chempionat doirasidagi muhim qarama-qarshiliklar oldididan dam berib, ularni qaydnomaga ham kiritmadi. SHuningdek, Golban, Rahmatov va Jigaurilarni ham zaxirada qoldirib, ehtiyoj tufayli maydonga tushirdi. CHarchoq alomatlarin klubning hozirgi o'yinlarida ham ko'zga tashlanmoqda, damoa yo ochko yo'qotmoqda yoki o'ta qiyinchilik bilan g'alaba qozonmoqda, biroq chempionlik masalasi ijobiy hal etib bo'lingani jamoaning katta yutug'i sanaladi. CHempionlik masalasi hal bo'lgandan keyin, endi qarshiliklar bor etiborini qita turniriga qaratsa, ajabmas.


Peshqadamlarga qarshi ijobiy natijalar

"So'g'diyona"ga qarshi noxush natijalarni inobatga olmaganda ("Nasaf" ikkala o'yinda ham mag'lub bo'ldi), Qashqadaryo jamoasi etakchilarning o'zaro qarama-qarshiligida eng ko'p ochko jamlay oldi. OKMK va "Navbahor" ikki bellashuvda ham mag'lub etildi, "Paxtakor"dan 4 ochko qo'lga kiritildi, keyingi turdagi raqib "Neftchi" birinchi davrada mag'lub etildi. TOP-6 jamoalariga qarshi bellashuvlarda "Nasaf" 19 ochko jamg'ardi.

Taqibchilarning yordami

Yuqorida takidlaganimdek, TOP-6 o'rtasidagi qarama-qarshiliklarda eng ko'p ochkoni "Nasaf" qo'lga kiritgan. Qolgan jamoalar esa o'zaro to'qnashuvlarda ko'p ochko yo'qotgan, bu ham "Nasaf" foydasiga ishladi. Hatto ularni ikki bahsda ham taslim etgan "So'g'diyona" oltilikda jamoalarga qarshi bellashuvlarda 13 ochko jamg'arishga erishdi. Undan keyin "Navbahor"da bu ko'rsatkich yaxshiroq — 12 ochko. Turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan OKMK "Neftchi" singari bor-yo'g'i 11 ochko ishlagan. Qolaversa, olmaliqliklarni etakchilardan atigi 9 ochko tortib olgan "Paxtakor"ga qarshi o'yin kutib turibdi.


CHiroyli o'yindan natijaning muhimligi va muvozanat

"Nasaf"ning joriy mavsumdagi o'yinlarida rang-baranglik kamroq ko'zga tashlandi. Klub ko'pgina o'yinlarda natija uchun o'ynagani aks etdi. Bu muxlislar va teletomoshabinlar tabini biroz xira qilgan bo'lsa-da, natijaga erishilida asqotdi. SHuningdek, qarshiliklar mezbon va safar o'yinlarda ham maksimal ochko qo'lga kiriitishga intildi va ikki tomonda ochko ishlash borasida ham eng yuqori pog'onani egalladi. SHu jumladan o'z maydonida 27 ochko jamg'argan Berdiev shogirdlari safarda 25 ochko to'pladi. Boshqa taqibchilarda esa muvozanat buzilishi kuzatildi. Yani OKMK o'z maydonida ko'proq muvaffaqiyatga erishib (26 ochko), safarda ko'p bora "qoqilgan" (15 ochko). "So'g'diyona"da esa teskarisi, jizzaxliklar o'z muxlislari qarshisida xafa qilarli natijalarga erishgan – 16 ochko. Biroq safardagi o'yinlarda sovg'a-salomlarga ko'milib qaytgan (24 ochko).

"Nasaf"ning chempionlikni qo'lga kiritishiga yana bir qaancha sabablarni keltirish mumkin. Bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev, jamoaning fidoyi muxlislari va hokazo... Nima bo'lgan taqdirda ham, klubga Osiyo CHempionlar ligasidagi yurishi ham zafarli bo'lishini tilab qolaman.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

+3   
10 noy 14:34:40
Али Умаров
Пахтакор хаммага фора берди....кейинги йил ундай болмаса керак...Миш мишларга караганда келаси йил Пахтакорга сифатли лигионерлар келармуш.....
+3   
10 noy 14:34:39
Али Умаров
Пахтакор хаммага фора берди....кейинги йил ундай болмаса керак...Миш мишларга караганда келаси йил Пахтакорга сифатли лигионерлар келармуш.....
+2   
10 noy 17:32:23
Хайрулла 777
Дель Пьеро foydalanuvchining fikriga javob berish
Тугри! Пахтакорни судяларни сотиб олишга пули колмаганлиги Насафни чемпион килди! Пул аралашмаса Навбахор курсатиб куйди Пахтакорни ахволи канака булишни!
Тугри Пахтакорга пул тикилмади кучсизланди шунча пул тиккан навбахор нима олди уч йил каторасига чемпион буса буларди кубок оса буларди судяла навбахорга ён босса босдики зиёнига ишламади
+2   
10 noy 16:16:10
Лацио Пахтакор
Али Умаров foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакор хаммага фора берди....кейинги йил ундай болмаса керак...Миш мишларга караганда келаси йил Пахтакорга сифатли лигионерлар келармуш.....
Ҳозирги кунда Валтер Мацарри билан музокара кетяпти экан.
Яхшигина лигонер футболчилар келади дейишяпти, ўзгаришлар зўр бўлади экан. Энди қанчалик рост, Январь ойида кўрамиз.
+2   
10 noy 15:23:23
Akbarxo'ja Tursunov
Дель Пьеро foydalanuvchining fikriga javob berish
Тугри! Пахтакорни судяларни сотиб олишга пули колмаганлиги Насафни чемпион килди! Пул аралашмаса Навбахор курсатиб куйди Пахтакорни ахволи канака булишни!
Tepasida turganmidiz oka? 2013-yilda Paxtakor akademiyani bollari bilan chempion bo'ganidi. Bu yil no'noq murabbiylar tufayli jamoaviy o'yin bo'lmadi. Huddi shu tarkibiga yaxshiroq murabbiy bo'ganida Nasaf chempion bo'lishi amrimahol edi. IMHO
+2   
10 noy 14:20:59
Sodiq Nazarov
Насаф 3 4 йил аввал ҳозиргисидан ҳам кучлироқ эди бу мавсумда Насафга рақобатчи бўлмади
Пахтакорда инқироз Нефтчи Навбахор ва ОКМК да стабиллик етишмади
+2   
10 noy 13:50:11
Abduxalil
Дель Пьеро foydalanuvchining fikriga javob berish
Тугри! Пахтакорни судяларни сотиб олишга пули колмаганлиги Насафни чемпион килди! Пул аралашмаса Навбахор курсатиб куйди Пахтакорни ахволи канака булишни!
San o'zin ko'rganmisan paxtakor yoki boshqa komandalani sudyalaga pul bosjqa narsa berganini isbot fakt ko'rsatolismi kimga qancja bergan qanaqib bergan qata bergan isbot bomi agar isbotlab bersen tan beraman sanga
+2   
10 noy 13:43:23
Шухрат Эргашев
Маколадаги хамма фикрлар тугри...
+2   
10 noy 13:33:45
Faxriddin Aliyev
Nasaf chempionligini siri paxtakor
+1   
10 noy 15:04:09
Азимжон 2524
E jonga tegdi shu mavzu
+1   
10 noy 15:03:57
Азимжон 2524
E jonga tegdi shu mavzu
+1   
10 noy 14:38:31
Odilbek Abdushukurov
Siri shundaki, unga raqobatchi topilmadi, "Paxtakor" kuchsizlandi. Lekin, "Nasaf" chempionlikka loyiq edi.
   
10 noy 20:09:19
Shuxrat Abdijalilov
Пахтакор шатскех билан хеч нарсага эришолмайди.
   
10 noy 15:24:19
Akbarxo'ja Tursunov
Akbarxo'ja Tursunov foydalanuvchining fikriga javob berish
Tepasida turganmidiz oka? 2013-yilda Paxtakor akademiyani bollari bilan chempion bo'ganidi. Bu yil no'noq murabbiylar tufayli jamoaviy o'yin bo'lmadi. Huddi shu tarkibiga yaxshiroq murabbiy bo'ganida Nasaf chempion bo'lishi amrimahol edi. IMHO
*2011 xatolik ketibdi
-2   
10 noy 14:04:49
dessi anvar
дунёда иккита клубни қарғиш урган бири Бенфика 1961йилда еврий тренер Гутман Бенфикани 100 йилга сеҳрлаб қарғаган адашмасам 6 марта финалда мағлуб бўлда , охирги финал олдидан Эйсибио Гутман қабрига бориб кечирим сўради Гутмандан ёлвориб йўқ фойда бўлмади финалда Аяск майдонида мағлуб бўлди , ўшанда Эйсибио тирик эди , иккинчи қарғиш урган клуб а энди ўзларинг биласлар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика