So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  0 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  7 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

"Nasaf" - "Andijon" 5:0 yoxud chorak final sari dadil qadam Yangiliklar

"Nasaf" - "Andijon" 5:0 yoxud chorak final sari dadil qadam

O'zbekiston kubogi nimchorak final ilk uchrashuvida “Andijon” jamoasini qabul qilgan "Nasaf" chorak final masalasini deyarli hal etdi.
SHu kuni “Markaziy” stadionga tashrif buyurgan muxlislar sevimli jamoalari ijrosida gollar shousiga guvoh bo'lishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasidayoq “Nasaf”ning tezkor hujumi gol bilan yakunlandi. Kenja To'raev o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va chap qanot yarim himoyachisi Farruh Sayfievni ajoyib pas bilan taminladi. Farruh esa 2-3 metr masofadan darvozani nishonga olmasligi mumkin emasdi – 1:0. Goldan biroz o'tib mehmonlarda hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Temur Sultonovning jarimadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Mixail Naumov qiyinchilik bilan qaytargan bo'lsada, takroriy zarbani yo'llashda mehmonlar hujumchilari biroz xatolikka yo'l qo'yishdi. Bo'limning so'nggi daqiqalarida Artur Gevorkyan “Andijon” posboni bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi va uning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib to'rga yo'l oldi – 2:0.

Ikkinchi bo'limda ham o'yin “scenariy”si o'zgarmadi. Mezbonlar hujum ustiga hujum uyushtirishdi, mehmonlar esa qarshi hujumlarda o'z imkoniyatlarini kutishdi. Ammo 57-daqiqada to'p uchun kurashda “Andijon” yarim himoyachisi Ibrohim Otaxonov “Nasaf” sardori bilan to'psiz kurashga kirishib ketdi. Natijada bosh hakam Gevorkyanga sariq, Otaxonovga esa qizil kartochka ko'rsatdi. O'yinning uchdan bir qisimini biri kishi kam bo'lib o'tkazgan Abduraimov shogirdlari qisqa vaqt ichida o'z darvozalaridan yana uchta to'p o'tkazib yuborishga majbur bo'lishdi. Dastlab Artur Gevorkyanning maydon markazidan uzatib bergan to'pini Kenja To'raev raqib jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va bir himoyachini ustalik bilan aldab o'tib, kuchli zarba bilan darvoza to'rini aniq nishonga oldi- 3:0. Oradan besh daqiqa o'tib zaxiradan maydonga tushgan Igor Taran joriy mavsumda “Nasaf” tarkibida o'zining ilk golini urishga erishgan bo'lsa, 77-daqiqada o'ng burchakdan uzatilgan to'pni “Nasaf” markaziy himoyachisi SHerzod Azamov osonlik bilan mehmonlar darvozasiga yo'llab, o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi – 5:0.

Ushbu jamoalar o'rtasida nimchorak finalning javob uchrashuvi 26 may kuni Andijonda o'tkaziladi.

 
O'zbekiston kubogi. 1/8 final. Birinchi uchrashuv. 10.05.2014.

“Nasaf” – “Andijon” 5:0 (2:0)
Qarshi shahri. “Markaziy” stadion. 2021 tomoshabin.
Hakamlar:
Olim Tolibjonov, Alisher Usmonov, Timur Gaynullin, Naim Qosimov.

Nazoratchi: Rashid Aytekov.

“Nasaf”: 1. Mixail Naumov, 5. Botir Qoraev, 7. Akramjon Bahriddinov (19. Igor Taran, 63) 10. Kenja To'raev (16. Alisher Yusupov, 81), 17. Artur Gevorkyan (s) (29. Ulug'bek Dadaboev, 72) 20. Erkin Boydullaev, 23. SHerzod Azamov, 27. Ilhom Yunusov, 28. SHuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiev.

Zaxiradagilar:  30. O'tkir Yusupov, 14. Laziz Ubaydullaev, 33. Odiljon Hamrobekov, 38. Doniyor Narzullaev.

“Andijon”: 32. Timur G'aniev, 3. Davron Tursunov (19. Alisher To'xtasinov, 46), 5. Aleksey Kasyan, 6. Ibrohim Otaxonov, 7. Bekzod G'oziev, 8. Bahrom Abdurahmonov ( 17. Mirzakamol Kamolov, 65), 14. Akmal Jo'raboev, 18. SHaxzod SHaymanov, 20. Timur Sultonov, 28. Rasul Rahmonov (4. Rahimjon Qodirov, 77) 55. Asror Rahmonov.

Zaxiradagilar: 1. Muhiddin Xudoyorov, 9. Lochin Soliev, 10. Anvar Rajabov22. Kamronbek Kapadze.

Gollar: Farruh Sayfiev (11), Artur Gevorkyan (45), Kenja To'raev (70), Igor Taran (75) SHerzod Azamov (77).

Ogohlantirish: A. Gevorkyan (57) – B. Abdurahimov (52), B. G'oziev (53).

CHetlatish: I.Otaxonov (58).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика