So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  19 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

"Nasaf" - "Al Jayish" uchrashuvidan oldin Yangiliklar

"Nasaf" - "Al Jayish" uchrashuvidan oldin

Ertaga OCHL 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Jayish" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Nasaf"

"Ajdarlar" OCHL doirasida uchinchi bor ushbu jamoaga qarshi maydonga tushishadi.

Bunga qadar o'tgan ikki o'yinda "Al Jayish" g'olib bo'lgan. 2014 yil pley-offda Qatar klubi o'z uyida 5:1 hisobida g'alaba qozongan. Ikki hafta oldin Doxada  o'tgan uchrashuvda Sardor Rashidovning goli evaziga 3 ochkoga ega bo'lgandi.

"Nasaf" 2012 yildan buyon ilk bor Qatar klubini o'z maydonida qabul qiladi. O'sha yil "Al Rayyan" 1:0 hisobida g'alaba qozonib ketgandi.



Bobir Abdixoliqov 2ta gol urib klubning OCHLdagi to'purari bo'lib turibdi.

Maqsud Karimov, Azizjon G'aniev, Dilshod Rahmatullaev, Azamat Allaniyozov va SHerzod Azamov hisobida bittadan ogohlantirish bor. Navbatdagi sariq kartochka olishsa bu futbolchilar navbatdagi o'yinda ishtirok eta olishmaydi.


Ichki chempionat

"Nasaf" ichki chempionatda 3-turni o'tkazdi. Qarshida "Obod"ni qabul qilgan "ajdarlar" Ilhom SHomurodovning goli evaziga g'olib bo'lishdi - 1:0. "Nasaf" 3ta turdan so'ng yuz foizli natija qayd etgan to'rt klubdan biri bo'lib turibdi.

Statistika

"Nasaf" ertaga Osiyo chempionlar ligasida 17-bor maydonga tushadi. Jamoa bu musoabaqada 3 bor g'olib bo'lgan va 3 bor durang o'ynagan. 10 marta raqibga imkoniyat boy berilgan. 13ta to'p kiritilgan va 28ta gol o'tkazib yuborilgan.

O'z maydonida o'tgan 7 uchrashuvning 2tasida muvaffaqiyat qozongan va bir marta durang o'ynagan. 4 bor raqiblar Qarshidan 3 ochko bilan ketishgan.




"Al Jayish"

Pley-off bosqichida "Naft Tehron"ni mag'lub etgan "Al Jayish"ning OCHLdagi g'alabalari to'rttaga etdi. Rashidov jamoasi Janubiy Koreyaning "Seul" klubi bilan birga uchta turda 9 ochko oldi.

"Al Jayish" ikkinchi bor O'zbekistonga tashrif buyurdi. 2014 yilgi mavsumda "Bunyodkor" Toshkentda 2:1 hisobida taslim qilingandi.

Yosir Isa, Xalifa Ababakar, Ali Sanajd, Xolid Abdulrauf hisobida bittadan sariq kartochka bor. Ular ertaga ogohlantirish olishsa 5-turda maydonga tusha olishmaydi.

Ichki chempionat

"Al Jayish" o'tgan hafta Qatar Yulduzlar ligasida "Qatar SK" bilan o'yin o'tkazib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mavsum tugashiga 2 tur qolganida jamoa 2-o'rindagi "Al Sadd"dan bir ochko ortda qolmoqda.  


Statistika

"Al Jayish" to'rtinchi bor OCHLda qatnashmoqda. 2013 yil klub 1/8 finalgacha etib borgandi. 2014 yil guruh bosqichidan chiqa olmagan, o'tgan yil guruh bosqichiga chiqish uchun pley-offda yutqazib qo'ygandi.

Ertangi bahsa klub uchun Osiyo chempionlar ligasidagi 23-bahs bo'ladi. "Al Jayish" 12 bor g'olib bo'lgan va 5 bor durang o'ynagan. Qolgan 5 uchrashuvda raqiblar ustun kelishgan. 38ta gol urilgan va 23ta gol o'tkazib yuborilgan.

Jamoa safarda 10ta o'yin o'tkazib 4 bor zafar quchgan. Ikki marta durang qayd etgan. 4 marta klub safardan ochkosiz uyiga qaytgan.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Al Jayish" uchrashuvi 5 aprel kuni soat 18:45da Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика