So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  23 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

"Nasaf" - "Al Faysali": Jamoalar stadionga etib kelishdi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Nasaf" - "Al Faysali": Jamoalar stadionga etib kelishdi FOTOGALEREYA

Teglar :  NasafAl Faysali
"Nasaf" hamda "Al Faysali" jamoalari uchrashuvga 1,5 soat qolganida Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionga etib kelishdi.

Bugun Qarshi shahrida katta futbol bayrami. Garchi havo sovuq va kechagi qor eri ulgurmagan bo'lsada, ishqibozlarda ko'tarinki kayfiyat hukm surmoqda. Yaqindagina Xitoyda O'zbekiston yoshlari terma jamoasi erishgan muvaffaqiyat va chempionlik kayfiyati butun yurtimiz bo'ylab kezib yuribdi.

Yana sanoqli daqiqalardan so'ng Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" jamoasi yangi mavsumdagi o'zining ilk rasmiy va o'ta muhim o'yinini o'tkazadi.

Hozirgina har ikkala jamoalar "Markaziy" stadionga etib kelishdi.


Fotomuxbirimiz Tolibjon Qosimovning obektiviga tushib qolgan suratlarni siz aziz muxlislarga havola etamiz.


SHuni qayd etib o'tish joizki, uchrashuv boshlanishiga 1,5 soat borligiga qaramasdan muxlislar tashrifi ham allaqachon boshlanib ketgan. Garchi havo harorati juda sovuqligiga qaramasdan, bugungi bahsga kamida taxminan 10 mingdan oshiq ishqibozlar kelishi kutilmoqda.


Eng muhimi, hozirgina stadionga tashrif buyurgan "ajdarlar"ning kayfiyatlari chog'. Aziz G'aniev bugungi bahsda muxlislar uchun Janubiy Koreya darvozasiga urgan golidan "Markaziy" stadionda ham "takror" qo'yib berishga chog'langanini alohida qayd etish lozim.


Yaqin daqiqalar ichida jamoalarning boshlang'ich tarkiblari ham elon qilinadi.

"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev.


Bugun muxlislarning hujumdagi umidi Dragan CHeran bo'ladi.


Xitoyda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan Aziz G'anievdan samimiy va ajoyib kadr.


"Ajdarlar"ning yangi legioneri Slavko Lukich.


Xitoyda o'tgan musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi Odil Hamrobekov.


Uchrashuvni translyaciya qilish jarayonida Sport TV drondan foydalanmoqda.


Bugun raqibning polshalik bo'ydor hujumchisini qo'riqlashda asosiy yuk Igor Golbanga tushadi.


Qarshi shahrida kecha kuchli qor yoqqaniga qaramay, maydon bugungi o'yinga mutlaqo shay va muxlislar ham stadionga kelishni boshlab yuborishdi.



Tolibjon Qosimov va SHahboz Beg'amov

Qarshi shahridan maxsus

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика