So’nggi yangiliklar

16:37CAFA Nations Cup. Ўмон – Ҳиндистон. Таркиблар маълум  0 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6

"Nasaf" 10 yildan buyon Toshkentda "Paxtakor"ga gol ura olmayapti Yangiliklar

"Nasaf" 10 yildan buyon Toshkentda "Paxtakor"ga gol ura olmayapti

Ertaga, XXIV O'zbekiston chempionati 14-turining markaziy uchrashuvida “Nasaf” jamoasi Toshkentda “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv doimo yurtimiz muxlislarida katta qiziqish o'yg'otib keladi.

CHempionatimizda barcha etakchi klublarga munosib qarshilik ko'rsatishni uddalaydigan “ajdarlar” mana 10 mavsum ortda qolibdiki, Toshkentda “Paxtakor” jamoasi darvozasiga yo'l topa olmayapti.

Toshkentdagi oxirgi g'alabaga esa bundan ham ko'p yil bo'lgan, bu ham bo'lsa bir martagina sodir bo'lgan.

Jamoalar hozirgacha chempionatda 36 marta tuqnash kelishgan. Hamma ijobiy ko'rsatkichlar “Paxtakor” jamoasi tomonida.

SHunday bo'lsada, navbatdagi uchrashuv natijasini oldindan taxmin qilish qiyin. Toshkentda bo'lib o'tgan aksariyat o'yinlarda hakamlarni “ayblab” kelayotgan muxlislarni ham etiborga olgan, O'zbekiston PFL rahbariyati o'yinni boshqarish uchun mamlakatimizning eng tajribali hakami Ravshan Ermatovni tayinladi.

Qani ko'ramiz, balki bu safar Ro'ziqul Berdiev shogirdlari “Paxtakor” darvozasini ishg'ol qilishni uddasidan chiqishar.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv ertaga 26 iyun juma kuni kech soat 19:30da “Paxtakor” markaziy stadionida boshlanadi. Uchrashuv shuningdek “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish ham etiladi.

Jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv bugun Qibraydagi stadionda soat 17:30da boshlanadi.

Qiziqarli uchrashuvni o'tkazib yubormang.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика