So’nggi yangiliklar

09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  1 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  8 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   1 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  10 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  15 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  3

Nartajiev va Proxorov Angliyadagi faoliyatni boshlashdi Yangiliklar

Nartajiev va Proxorov Angliyadagi faoliyatni boshlashdi

"Lokomotiv"ning ikki futbolchisi - darvozabon Rustam Nartajiev va himoyachi Sergey Proxorov uch oy malaka oshirish maqsadida Angliyaning "Flitvud Taun" klubiga yo'l olgani haqida xabar berib o'tgandik.

Malumot uchun, "Flitvud Taun" Angliya birinchi divizionida ishtirok etadi va hozir 24 jamoa orasida 15-o'rinda bormoqda. Kuni kecha mazkur klub rasmiy sayti o'zbekistonlik ikki futbolchining jamoa mashg'ulotlariga kelib qo'shilganini malum qildi.

"Flitvud Taun" saytining yozishicha, "Loko" tarbiyalanuvchilari u erda Berri Nikolson qo'l ostida mashg'ulot olib borishadi. "Lokomotiv" professional futbol klubi va "Flitvud Taun" o'rtasida hamkorlik shu yilning aprel oyida boshlangan bo'lib, yozda klub vakillari Stiv Kurvud hamda Gretar Steynsson Toshkentga tashrif buyurishgandi.

Ular "Lokomotiv" ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvini kuzatib, futbolchilar orasidan ikki nafarini tanlab olishgandi. "Biz "Lokomotiv" (Toshkent) bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, negaki Osiyo futbol bozoriga kirib borish asosiy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi va bu ishni "Lokomotiv" orqali amalga oshirmoqchimiz. Biz o'zaro hamkorlik borasida endi dastlabki qadamlarni tashladik. Hali rejalarimiz ulkan", - deydi "Flitvud Taun" direktori Stiv Kurvud.

"Lokomotiv" O'zbekistondagi eng kuchli klublardan biri hisoblanadi. Ularda bolalar bilan ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Proxorov bilan Nartajiev ham iqtidorlardan yoshlardan", - deydi Stiv Kurvud futbolchilar haqida fikr bildirayotib.

Albatta, FIFA reglamentiga muvofiq futbolchilarimiz Angliya birinchi divizioni bahslarida ishtirok eta olishmaydi. Ammo mashg'ulot va o'rtoqlik o'yinlarida qatnashib etarlicha malaka oshirish, shuningdek ingliz madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yuzaga keladi. Futbolchilarimiz Blekpulda klub tomonidan ajratilgan mehmonxonada istiqomat qilishadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика