"Napoli" koreyalik himoyachiga qiziqish bildiryapti
20 iyu 2022 20:35
Yangiliklar
"Napoli" koreyalik himoyachiga qiziqish bildiryapti
Neapolliklar himoyani kuchaytirish haqida o'ylashmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning takidlashicha, "sariq kanareykalar" himoyachisi Kim Min Je faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.
Qayd etilishicha, neapolliklar 25 yoshli koreyalik futbolchini 19,5 million evroga sotib olish variantini faollashtirishadi. "Napoli" himoyachiga yiliga 2,5 million evro maosh bilan 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitim taklif qilmoqda.
Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Kim Min Je 2021/2022 yilgi mavsum "Fenerbaxche" safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda 1 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar