Nagelsmann uchun asosiy davogar klub aytildi. Bu “Real” emas
27 mar 2023 08:45
Yangiliklar
Nagelsmann uchun asosiy davogar klub aytildi. Bu “Real” emas
“Bavariya”dan istefoga chiqarilgan Yulian Nagelsmann faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
35 yoshli mutaxassis “Tottenxem”ni boshqarishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. U Antonio Kontedan keyin vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajaradigan Kristian Stellinining o'rnini egallashi kutilmoqda.
Angliya chempionati joriy mavsumida “shporlar” 28 o'yindan keyin turnir jadvalida 49 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Avvalroq, Nagelsmann “Real”da shartnomasi yakunlanayotgan Karlo Anchelottining o'rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar