Nagelsmann: "PSJning passivligidan hayron qoldim"
15 fev 2023 11:19
Yangiliklar
Nagelsmann: "PSJning passivligidan hayron qoldim"
Yulian Nagelsmann PSJning CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasida ko'rsatgan o'yinidan hayratda ekanligini yashirib o'tirmadi.
"Bavariya" bosh murabbiyi birinchi uchrashuvdan (1:0) keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz dastlabki 25 daqiqada yaxshi o'yin ko'rsatdik va vaziyatni nazorat qildik. SHunday bo'lsada, hujum fazasida va bevosita raqib darvozasiga xavf solishda samaraliroq harakat qilsak bo'lardi. Nazarimda, futbolchilarim ham to'p bilan bu qadar ko'p muomalada bo'layotgani va PSJ ortga qaytib olganidan hayron qolishdi.
Men PSJ chuqur himoyalanishini bilardim, lekin ular o'ta passiv harakat qilganidan hayron qoldim. Raqib shunchalik chuqur himoyada ediki, to'pni olib qo'yish niyati ham yo'qdek tuyuldi", – dedi Nagelsmann.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar