MYU muxlislari "Arsenal" bilan o'yin oldidan norozilik namoyishi o'tkazadi
09 mar 13:47
Yangiliklar


MYU muxlislari "Arsenal" bilan o'yin oldidan norozilik namoyishi o'tkazadi
"Manchester Yunayted"ning The 1958 muxlislar guruhi klub fanatlarini APLning 28-turida "Arsenal" bilan bo'ladigan o'yin oldidan norozilik akciyasiga chiqishga davat etdi.
Ular katta norozilik yurishini rejalashtirmoqda va barcha ishtirokchilardan qora kiyimda kelishni so'ramoqda. Ularning fikricha, bu "klubning asta-sekin o'lib borayotgani"ni ifodalaydi.
"Klub ko'z o'ngimizda o'lib bormoqda – ham maydonda, ham undan tashqarida. Buning uchun klub egalari javob berishi kerak. Biz muxlislarni birlashishga va "Manchester Yunayted"ni barbod qilishda davom etayotgan Gleyzerlarga qarshi turishga chaqiramiz", – dedi The 1958 guruhi vakili Stiv Krompton.
"Manchester Yunayted" va Arsenal o'rtasidagi qarama-qarshilik 9 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. Manchester jamoasi hozir APLda 33 ochko to'plab, 15-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar