MYU libosida yangi homiy nomi paydo bo'lishi mumkin
12 sen 2023 01:26
Yangiliklar
MYU libosida yangi homiy nomi paydo bo'lishi mumkin
"Manchester Yunayted" yangi titul homiy bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
Malumotlarga ko'ra, mankunianlar yarimo'tkazgich va telekommunikaciya uskunalari, xususan, Snapdragon mobil processorlarini ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi bilan potencial kelishuvni muhokama qilmoqda.
"Manchester Yunayted" kelishuv orqali yiliga 60 mln. funt olmoqchi. Agar kelishuv hujjatlarga ko'chib, imzolansa, MYU libosida yangi homiy nomi kelasi mavsumdan paydo bo'ladi.
Ayni damda MYUning titul homiysi TeamViewer - masofaviy boshqaruv uchun dasturiy taminot ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi bo'lib turibdi. Ingliz klubi ushbu kompaniyadan har yili 47 mln. funt oladi.
O'tgan yilda TeamViewer MYU bilan kelishuvni uzaytirmasligini elon qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar