MYU – "Kristal Pelas" bahsi oldidan Myunxendagi fojiada halok bo'lganlar xotirasi yod olinadi
04 fev 2023 17:58
Yangiliklar
MYU – "Kristal Pelas" bahsi oldidan Myunxendagi fojiada halok bo'lganlar xotirasi yod olinadi
Bugungi o'yin boshlanishidan oldin Erik ten Hag va Mark Skinner Myunxendagi halokatda vafot etganlar xotirasiga "Old Trafford"da motam gulchambarlarini qo'yadi.
Futbolchilar maydonga motam bog'ichlarida tushadi va o'yindan oldin bir daqiqalik sukut elon qilinadi.
SHuningdek, bugun "Old Trafford"da Myunxen aeroportidagi fojia vaqtida halok bo'lgan yoki jarohatlangan futbolchilar va klub xodimlarining oila azolari bo'ladi.
Stadiondagi bayroqlar pastga tushiriladi va jamoalar maydonga chiqib kelayotganda "The Flowers of Manchester" qo'shig'i yangraydi. Tribunadagi muxlislar "Basbi bolalari" va "We’ll never die" ("Biz hech qachon o'lmaymiz") iborasi aks etgan ananaviy bannerni ochib qo'yadi.
Eslatib o'tamiz, Myunxendagi aviahalokat 1958 yil 6 fevralda ro'y bergan. Unda 23 kishi vafot etib, 19 kishi jabrlangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar