MYU eng yaxshi hujumchisini qo'yib yubordi – ularning hujumi "CHempionship" darajasida. Zirkze klubga munosib emas, Garnacho ham yaxshi holatda emas, Xoylund – to'purarmas"
04 fev 19:57
Yangiliklar
MYU eng yaxshi hujumchisini qo'yib yubordi – ularning hujumi "CHempionship" darajasida. Zirkze klubga munosib emas, Garnacho ham yaxshi holatda emas, Xoylund – to'purarmas"
Xayuaringiz bor, Markus Reshford bir necha kun avval "Aston Villa"ga ko'chib o'tdi.
"Markus Reshford "Manchester Yunayted" va Ruben Amorimni noqulay holatda qoldirishi mumkin.
Men barchasida Amorimni ayblamoqchi emasman. Uning qo'l ostidagi futbolchi o'ynashni istamasligi va ketmoqchiligini aytsa, u nima qila oladi? Nazarimda, "Manchester Yunayted" Reshfordning maoshidan qutulmoqchi bo'ldi. Futbolchining o'zi esa barchasini yangidan boshlashi kerak edi.
Ko'ramiz, Reshfordning keyingi faoliyati qanday bo'larkin, ammo "Manchester Yunayted" baribir xato qildi, deb hisoblayman. Ularning hozirgi hujum chizig'iga havas qilib bo'lmaydi va CHempionship darajasidan yuqori emas.
Joshua Zirkze "Manchester Yunayted" libosiga loyiq o'yinchi emas, Alexandro Garnacho ham yaxshi sport formasida emas, Rasmus Xoylund esa to'purarga o'xshamayapti, Amad Diallo – jamoadagi yagona yorqin figura. Menimcha, MYU o'zining eng yaxshi hujumchisini qo'yib yubordi.
Agarda "Aston Villa" Reshforddan maksimal ravishda foydalan olsa, "Manchester Yunayted" qiyin vaziyatda qolib ketishi mumkin", – dedi "Tottenxem" sobiq yarim himoyachisi Jeymi O′Xara.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar