So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Mutolaa uchun. Ronaldu o'zbekistonlik asos solgan "Jacob & Co" kompaniyasi soatlarini taqishidan xabaringiz bormi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Ronaldu o'zbekistonlik asos solgan "Jacob & Co" kompaniyasi soatlarini taqishidan xabaringiz bormi?

Kechagina futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" klubi bilan shartnomasini bekor qildi.

Bu xabar butun dunyoni larzaga soldi. 5 karra "Oltin to'p" egasi ayni damda klubsiz. 

Axborot maydonida hammaning etiborini o'ziga tortib turgan Ronaldu o'z Instagram sahifasida MYU darvozasiga urilgan gol tasviri tushirilgan qo'l soatlarini namoyish qildi. Soat esa dunyoga mashhur qimmatbaho zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi kompaniya "Jacob & Co" bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi.



Eng qizig'i shundaki, "Jacob & Co" kompaniyasi asoschisi va egasi o'zbekistonlik Jeykob (asl ismi Yoqub) Arabodir.



Yoqub Arabov 1965 yil 3 iyun kuni Toshkent shahrida tug'ulgan. 

Bolalik davrlaridayoq soat tamirlashga qiziqan Yoqub o'smirlik paytida soatsozga shogird bo'lib tushgan.

1979 yil Yoqub oilasi bilan Amerika Qo'shma SHtatlarining Nyu-York shahriga ko'chib o'tadi. Keyinchalik esa dunyoga mahshur zargarlik buyumlari ishlab chiqaruqchi olmos hududi 47-ko'chasida taqinchoq ishlab chiqaruvchi tadbirkor qo'lida ishlaydi.

Oradan vaht o'tib Yoqub Manxettendagi kichik taqinchoq fabrikasini 8 ming dollar evaziga sotib oladi. 3 yil davomida fabrika mijozlarga zargarlik buyumlari etkazib berish bilan shug'ullanadi.

1986 yilda esa Yoqub shahsiy "Diamond Quasar" kompaniyasi va "Jacob & Co" brendiga asos soladi, va Manxettendagi birinchi do'konini ochadi.

1990 yilga kelib erkaklar uchun birinchi brilliant taqinchoqlarini ishlab chiqargan kompaniya bo'lishga erishadi.

2007 yilda Arabov "Jacob & Co" SA brendining dunyoda takrori yo'q "Quenttin" soatini taqdim etdi.

2013 yilda taqdim etilgan Epic SF24 soatlari esa ikki vaqt zonasi hamda 24 shaharning vaqtini bir vaqtda ko'rsatib tura oladi.



Yaqinda esa Yoqub dunyoni yana bir shov-shuvli yangilik bilan lol qoldirdi. U o'z Instagram sahifasida dunyodagi eng baland turar joy binosini Dubayda qurayotganini elon qildi.

Hozirda Arabov dunyoga mahshur insonlar bilan hamkorlik qilmoqda, bunga isbot sifatida uning Instagram'dagi sahifasini keltirish mumkin.

Abdulvosit tayyorladi

Ronaldu klubdan ketganini elon qilishidan biroz o'tib MYUga urgan goli tasvirlangan soatni namoyish qildi 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика