So’nggi yangiliklar

14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  3 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  3 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0

Murod Otajonov: “Yoshlarimizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllanmaganligi bilinib qoldi” Yangiliklar

Murod Otajonov: “Yoshlarimizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllanmaganligi bilinib qoldi”

Bir necha yillardan buyon “Bunyodkor”da faoliyat olib borayotgan Murod Otajonov ayni damda akademiya yoshlari bilan ishlamoqda.

Taniqli mutaxassisga murojaat qilib, olimpiya terma jamoamizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida so'radik. 

- Albatta olimpiya terma jamoamizning Osiyo chempionatidagi ishtirokini kuzatib bormoqdaman. Afsuski biz kutgan natija ro'y bermadi. Barchamiz olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish tarafdori edik. Lekin tajriba etishmasligi pand berdi. Raqiblarimiz ham anoyilardan emasdi. Ularda ham futbol yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Buni o'yinlar orqali ko'rdik. 

- Nazarimda yoshlarimizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllanmaganligi bilinib qoldi. Futbol bu jamoaviy o'yin. Kurash yoki boks kabi unda bitta shaxsga bog'liq bo'lmaydi. Hamma yigitlar xarakat qilishi kerak edi. Ammo o'yinchilar oxirigacha yuqori saviyada o'ynay olmadi.  

- Janubiy Koreyaga qarshi bahsning ikkinchi bo'limida yigitlar 30 daqiqa juda yaxshi xarakat qilganini alohida etirof etish kerak. Biroq qolgan vaqtlarda faollik kuzatilmadi. Iroq bilan uchrashuvda esa dastlabki 25 daqiqa yaxshi o'ynab turishgandi. Keyinchalik esa ularning shashti pasayib ketti. 

- Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashilyaptimi, demak tayyorgarlik ham shunga yarasha jiddiy bo'lishi kerak edi. Futbolchilarni ertaroq yig'ish zarur edi. Natijada yigitlarning bir-biri bilan to'liq tushunib keta olmasligi ko'rinib qoldi. 

Islombek Rustambekov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика