Murod Ismoilovning o'g'li “Iftixor” bosh murabbiyi bo'ldi
20 avg 2018 12:38
Yangiliklar
Murod Ismoilovning o'g'li “Iftixor” bosh murabbiyi bo'ldi
Kecha O'zbekiston yoshlar ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” jamoasida navbatdagi tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda klub rahbarlari, murabbiylar va futbolchilar ishtirok etishdi.
Yig'ilishda klub ijrochi direktori Ravshan Xonkeldiev so'zga chiqib, jamoaga olib kelingan yangi bosh murabbiy – Islom Ismoilovga futbolchilarga tanishtirdi.
“A” licenziyasiga ega bo'lgan ushbu mutaxassis bundan buyon “Iftixor” bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. Yangi bosh murabbiyga jamoaning natijalarini yaxshilash vazifasi yuklatildi. Yangi bosh murabbiyning kelgusidagi ishlariga omad tilab qolamiz.
Islom Ismoilov “Yozyovon”ga qarshi bo'ladigan o'yinda “Iftixor”dagi debyut uchrashuvini o'tkazadi.
Fikrlar