So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  4 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  3 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  12 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  28 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

Murod Ismoilov: Sarkisyan ham o'z vaqtida legionerlarga tayanardi Yangiliklar

Murod Ismoilov: Sarkisyan ham o'z vaqtida legionerlarga tayanardi

“Nasaf”-“Neftchi” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qatnashgan farg'onaliklar bosh murabbiyi Murod Ismoilov jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.

-  Qarshida yaxshi jamoa shakllanganini va Berdiev jamoasi o'z maydonida kuchliroq harakat qilishini biz bilardik. SHu sababli bugun himoyaviy o'yin ko'rsatishga qaror qilgandik. Malum vaqtgacha bizning taktika samara berdi ham. Qandaydir soniyalarda o'zimizning o'yinni yo'qotib qo'yganligimiz sababli bugun oxirigacha futbolchilarimiz dosh bera olishmadi. SHunday bo'lsada futbolchilarimiz maksimal darajada harakat qilishdi.  Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarga rahmat. Xudo xoxlasa, bugungidek jamoaviy o'yin ko'rsatib qiyin vaziyatdan chiqib ketamiz.

-  Doim peshqadamlar qatorida yuradigan “Paxtakor”ni tashlab, “Neftchi”ga o'tib tavakkal qilishingizga nima turtki bo'ldi?

-  Avvalo men Farg'ona farzandiman, qolaversa faoliyatim davomida “Neftchi” safida ham harakat qilganman. Bundan o'n besh yillar oldingi yutuqlarni eslab Farg'ona futbolining yuksalishiga qo'limdan kelgancha hissa qo'shmoqchiman.

-  Uchrashuvda yaxshi taassurot qoldirayotgan Melziddinovni almashtirishdan maqsad nima edi?

-  Hujumga etibor berib yangi hujumchi tushirish uchun yoki Abdulloh Olimovni, yoki Ruslan Melziddinovni almashtirishim kerak edi. Olimov Ilhom Yunusovni to'la qurolsizlantira oldi.

-  Matbuotda “Neftchi” haqida qator tanqidiy maqolalar chiqishiga qaramay jamoa muhiti havas qilgudek?

-  Atrofdagi gap so'zlarga etibor bermaslikka harakat qilmoqdamiz. Biz hali ushbu tanqidlar noo'rin ekanligini yaxshi natijalarimiz bilan isbotlaymiz.

-  Xuddi shu tarkibni “Paxtakor”ga ko'chirib o'tkazdik deb tasavvur qilaylik. Natija qanday bo'lishi mumkin edi, deb o'ylaysiz?

-  Ochig'ini aytsam “Paxtakor”da g'oliblik ruhiyati yuqoriroq. Akademiyadagi bolalardan tortib faqat g'oliblik ruhida tarbiyalanishadi. Biz ham yuqori kayfiyatda to'p surishni jamoaga singdirib borishimiz kerak.

-  Sarkisyan legionerlarga etibor qaratmasdi. “Neftchi” tarkibiga joriy yilda legionerlar jalb etilgandi. Bugun legionerlarni ko'rmadik?

-  Sarkisyan ham dastlabki yillarda faqat legionerlarga tayanardi. Gvazavada jarohat bor, Petkovich ishonchni oqlamayapti, Onika biroz betob! Yana shuni takidlab o'tmoqchimanki, jamoaga taklif qilingan 14 nafar yangi futbolchilardan o'zimiz kutgandek foydalana olmayapmiz. Legionerlar ham shular jumlasiga kiradi. Ayrim futbolchilar biz umid qilgandek bo'lib chiqishmayapti.

-  Bugungi o'yinlaringizga nisbatan “Neftchi”  muxlislari qanday munosabatda?

-  Farg'onada futbolni sevishadi. Futbolni yuqori saviyada tushunishadi. Lekin ular g'alabalarga ko'nikib qolishgan. SHuning uchun ularning ishonishini qozonishga harakat qilamiz

-  Mansur Saidov “Navbahor”-“Nasaf” uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Nima sababdan uni jamoada olib qola bilmadingiz?

-  Saidov men jamoaga kelguncha “Neftchi”ni tark etib ulgurgandi. Menga jamoada o'ynash istagi borligini aytsa, uni olib qolardik.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика