So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  2 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

Murod Ismoilov: "Ikkita xato qimmatga tushdi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Ikkita xato qimmatga tushdi"

Teglar :  LokomotivNeftchi
"Neftchi" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Murod Ismoilov ishtirok etdi.

"Raqibning imkon qadar ko'proq o'yinlarini ko'rib tahlil qilishga harakat qildik. O'yinga qo'ygan rejalarimizning ko'pini yigitlar amalga oshirishdi. Faqat ikkinchi gol o'tkazilgan vaziyatda xatoga yo'l qo'yildi. Bunday mahoratli raqiblar bittagina xatodan unumli foydalanishadi", - deydi Murod Ismoilov.

"Bunday tezkor o'yin kechayotgan vaqtda zaxiradan tushgan futbolchilar bahsga kirishib keta olishmaydi. SHu bois Akmal Xolmatov va Baxtiyor Yoqubovni almashtirmadik. Mansur Saidov, Javohir Rasulov va Jahongir Mehmonovning yo'qligi bilindi".

"Kashkaval jamoaga yaqinda kelib qo'shildi. Unga biroz vaqt kerak. Sababi yangi futbolchilar bilan til topishib ketishi kerak. Keyingi bahslarda Adrian yanada yaxshi harakat qilsa kerak".

"Okean orti davlatlardan futbolchilarni taklif qilish uchun katta pul kerak bo'ladi. Saviya qanchalik yuqori bo'lsa uning narxi ham qimmat bo'lishi tabiiy. Hozirgi kelayotgan legionerlar esa mahalliy futbolchilar bilan deyarli teng narxda. Bizning maqsadimiz yoshlarni tarbiyalab ularni asosiy jamoaga qo'shish. Unga qadar legionerlarni olamiz, boshqa klublardan futbolchilarni ijaraga olamiz...Barcha o'z sharoitidan kelib chiqadi".

"Nasaf" va "Lokomotiv"ni o'z uyimizda qabul qildik. Ikkala klub bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bekorga ular yuqori pog'onalarda borishmayapti. O'tgan yilgi holat va ayni paytdagi holatni taqqoslab ko'ring. Biz anchagina o'sishga erishdik. Ammo yigitlar o'zlariga kelishmasa bu narsa 6 soniyada sochilib ketishi mumkin".

"Navbahor" bilan bahsga jiddiy tayyorlanamiz. Barcha jamoalar bizga qarshi kuchli o'ynashi aniq. SHu bois muxlislarimiz va rahbariyatni yuzini erga qaratmasligimiz kerak".

“Abbos Maxstaliev bugun himoyachi vazifasini bajargani rost. Sababi “Lokomotiv” bilan ochiq o'yin namoyish etib bo'lmaydi. Bugun 1:2 emas 1:5 bo'lishi mumkin edi. SHu bois Maxstaliev beshinchi himoyachi sifatida o'ynadi”.
“OCHLga tayyor bo'lganimizdan keyin chiqishimiz kerak. Yo'llanma olib guruhda kuchli raqiblarga yirik hisoblarda yutqazsak O'zbekiston sharafini munosib himoya qila olmay qolsak ham bo'lmaydi. SHu bois CHempionlar ligasiga tayyor bo'lganimizda chiqamiz, bunga oz qoldi. Kerak bo'lsa chempionlik uchun ham kurashamiz, ozgina vaqt kerak”.

Komiljon Ikromov


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика