So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  17 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  2 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Murod Ismoilov: "Birgina xato qimmatga tushdi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Birgina xato qimmatga tushdi"

"Neftchi" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Murod Ismoilov qatnashdi.
“Bunyodkor” bilan o'yindan keyin “Lokomotiv”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik", - deb gap boshladi Ismoilov.

"Bugungi o'yinda golli imkoniyatlar kam bo'lishini bilardik. Biz bunday imkoniyatlardan foydalanib qolishimiz kerak edi. Xususan, dastlabki daqiqalardagi Ro'zimboy Ahmedovning tepgan to'pi to'singa tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Abdulloh Olimov sovuqqonlik bilan yakunlashi kerak edi. Ikkinchi bo'limda ham birqancha vaziyatlar bo'ldi. Afsuski, birinchi bo'lim oxirlarida yo'l qo'ygan o'zimizning xatoimiz evaziga to'p o'tkazib yubordik. Bu bizga yakunda qimmatga tushdi. Bugun yigitlar imkon qadar qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar bergan ko'rsatmalarimizni bexato bajarishga harakat qilishdi. Lekin birgina xato qimmatga tushdi".

- Avval ham aytganman, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” singari etakchi jamoalarga qarshi bahslarda ochiq futbol namoyish etsak bugungi holatimizda qiynalamiz.

- Hisoblab chiqsak, ixtiyorimizdagi 10 nafar o'yinchidan turli xil sabablarga ko'ra foydalana olmayapmiz. Bu bahona emas. Lekin buning ijobiy tomoni shundaki, mahalliy yoshlarda imkoniyat yuzaga kelmoqda. Etibor berayotgan bo'lsangiz, oxirgi o'yinlarda ko'proq mahalliy yoshlarga imkoniyat berib kelmoqdamiz. Bunga misol tariqasida Javohir Rasulov, Murod Bobojonov, Otabek Zokirov kabi o'yinchilarni ko'rsatish mumkin.

- Xakamlar haqida hozir gapirmoqchi emasman. Ularni ishini baholaydigan tegishli tashkilot bor. Bizning vazifamiz esa o'zimizning jamoa haqida qayg'urishdir.

Komiljon Ikromov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика