So’nggi yangiliklar

20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  6 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  2 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  2 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  9 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  5 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7

Murabbiy – Maskerano, Evropa top-klublaridan o'yinchilar. Argentina U-20 terma jamoasi haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

Murabbiy – Maskerano, Evropa top-klublaridan o'yinchilar. Argentina U-20 terma jamoasi haqida nimalarni bilish kerak?

Yoshlar jahon chempionatidagi raqiblarimizni o'rganamiz.

Tez orada O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan 20 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasida yoshlar jahon chempionati boshlanadi. Jamoamizning ilk raqibi turnir mezbonlari bo'lmish argentinaliklar. Argentina yoshlar terma jamoasi haqida nimalarni bilish kerakligi haqida gapirib beramiz.


Tarkib va asosiy yulduzlar

Argentina U-20 terma jamoasi o'yinchilarining katta qismi o'z vatanlarida ishtirok etishadi. Ammo, Evropa klublarida to'p tepayotganlari ham bor.

Hammasidan ham oldin Maksimo Perrone (u yaqindagina "Manchester Siti"ga o'tdi), Matias Soule ("Yuventus") va Valentin Karboni ("Inter") ajralib turadi. SHuningdek, yaqinda "Barselona" tizimiga o'tgan Roman Vega, "Lacio"da o'ynovchi Luka Romero va "Sporting"dan Mateo Tanlongo bor. Qizig'i, Romero, Soule va Karboni Argentinaning asosiy terma jamoasiga chaqiruv olishgan. SHuningdek, Argentina terma jamoasi va Madridning "Real" klubidagi ishtiroki orqali tanilgan Fernando Redondoning o'g'li Federiko Redondo ham diqqatga loyiq. Turnirga hali Evropadan bir necha o'yinchilar borishmadi: Alexandro Garnacho ("Manchester Yunayted"), Fakundo Buonanote ("Brayton"), Niko Pas ("Real" yoshlar jamoasi) va Rafael Pfauzer ("Frayburg" yoshlar jamoasi). Ammo, Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibi ularsiz ham kuchli. Taqqoslash uchun: Argentina terma jamoasi tarkibi bizning yoshlar jamoamizdan 2 karra qimmat (mos ravishda 50 va 2 mln evro). O'zbekiston terma jamoasining eng qimmat o'yinchisi Umarali Rahmonaliev argentinaliklarning eng qimmat o'yinchisi Maksimo Perronedan 30 karra arzon (350 ming evro va 10 mln evro).


Murabbiylar shtabi

Argentina yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi tanishtirish talab qilmaydigan Xaver Maskeranodir. U jamoani 2022 yilning yanvarida qabul qilib oldi va bu vaqt davomida 16ta o'yin o'tkazdi (9 g'alaba, 1 durang va 6 mag'lubiyat).

Maskeranoga ispan Oskar Ernandes va argentinalik Leandro Stilitano yordam bermoqda. Ernandes uzoq vaqt davomida "Barselona" tizimida ishladi, shundan so'ng Argentina terma jamoasiga tahlilchi lavozimiga yo'l oldi. Stilitano deyarli butun faoliyatini bosh murabbiy yordamchisi sifatida o'tkazgan ("Independente", "Tixuana", "Kolo-Kolo"). U faqatgina bir bor bosh murabbiy bo'lgan - yanvardan martga qadar "Independente"ni boshqargan, ammo sakkiz o'yinda atigi bitta g'alabaga erishgan va Argentina yoshlar terma jamoasiga yo'l olgan.


So'nggi natijalar

Qiziqarli tomoni, Argentina terma jamoasi avvaliga yoshlar jahon chempionatiga saralanmadi. Xaver Maskerano jamoasi Paragvay, Braziliya va Kolumbiyaga qarshi o'yinlarda mag'lub bo'lib guruhdan chiqa olmadi. Yakunda, mundialga Braziliya, Urugvay, Kolumbiya va Ekvador yo'l oladigan bo'ldi.

Argentinaliklarning esa omadlari keldi, turnirni negadir mezbon Indoneziya boykot qilishga qaror qildi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazishni xohlayotganlar ko'p emas edi va Argentina turnirni qabul qilish huquqini oldi, bunga qo'shimcha tarzda esa U-20 mundialiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani ham.


Turnirdagi ishtirok tarixi

Argentina yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini olti bor yutgan - 1979, 1995, 1997, 2001, 2005 va 2007 yillar. Qiziqarlisi, 1979 yilgi turnirni yosh Diego Maradona, 2005 yildagisini esa tarkibda Lionel Messi o'ynagan jamoa yutgan. Argentina yoshlar o'rtasidagi mundial finaliga chiqish bo'yicha ikkinchi o'rinni egallaydi - faqatgina Braziliyada ko'proq (mos ravishda 7 va 9 bor).

Argentinaga qarshi o'yin - yoshlar terma jamoamiz uchun qattiq sinov. Ammo, mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham xafa bo'lishga hojat yo'q, sababi guruhda shuningdek Gvatemala va Yangi Zelandiya kabi raqiblarimiz bor. Bu o'yinlarda olti ochko olish va erkin tarzda pley-offga chiqish kerak.


Eslatib o'tamiz, Argentina hamda O'zbekiston o'rtasidagi ochilish uchrashuvi 20 maydan 21 mayga o'tar kechada – soat 2:00 da start oladi.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика