So’nggi yangiliklar

06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  4 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0

Munosabat. O'FFning yangi prezidenti nimalarga etibor qaratishi kerak? Yangiliklar

Munosabat. O'FFning yangi prezidenti nimalarga etibor qaratishi kerak?

SHunday qilib 12 sentyabr kuni O'zbekiston futbol federaciyasining yangi prezidenti nomini ham bilib oldik.

SHu paytgacha “Paxtakor” vice-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov bundan buyon O'FF rahbari sifatida ish olib boradi. Soha kishilari uni to'rt yil muddatga saylashdi. Saylov davomida hamma Umid Ahmadjonov nomzodiga bir ovozdan “Ha” deb javob berdi. Qarshilar va betaraflar kuzatilmadi.

Rahbariyatda futbol kishilarining yo'qligi muammo bo'lmasmikan? 

Saylov jarayonida shuningdek, O'FF vice-prezidentlari ham aniqlab olindi. Qizig'i shundaki, vice-prezidentlar orasida to'liq futbol kishilari yo'q. Masalan, O'FFning birinchi vice-prezidenti Ramatov Achilbay Jumaniyazovich - “O'zbekiston temir yo'llari” AJ raisi hisoblanadi, keyingi ikki vice-prezidentlar ham aslida boshqa soha vakillari. Xususan, Bobojonov Po'lat Razzoqovich - O'zbekiston ichki ishlar vaziri, Isroilov SHoakram Xolmatovich esa O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori.

Bundan kelib chiqadiki, O'FFda uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan Sardor Rahmatullaev bundan buyon vice-prezident deyilmaydi, faqat Bosh kotib sifatida o'z ishini davom ettiradi. Bundan tashqari, muxlislar O'FF ijroiya qo'mitasining yangi azolarini ham bilib olishdi. Faqat gap shundaki, biz O'FF ijroqo'mi asosan nima ish bilan shug'ullanishidan bexabarmiz. Faqat ularning azolarini bilamiz, xolos. 

Bular - Rustam Qurbonov (O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi), Bobur SHodiev (“Paxtakor” PFK prezidenti), Murod Aliev (“Bunyodkor” PFK bosh direktori), Mansur Rajabov (“Lokomotiv” PFK prezidenti), Komil Yarashev (O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti prorektori) va Narimon Jalolov (O'zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi).

Albatta, bu insonlarga etirozimiz yo'q, lekin ko'p sonli futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda vice-prezident lavozimiga 24 soat faqat futbolni o'ylaydigan birorta futbol kishisi ham taklif qilinsa chakki bo'lmasdi. Negaki hozirgi vice-prezidentlarning futboldan boshqa ishlari ko'p va ularda futbolni o'ylashga vaqt bo'lmasligi mumkin.

Yangi rahbar ishni nimadan boshlaydi? 

Endilikda kun tartibida yana bir savol turibdi: O'FFning yangi prezidenti ishni nimadan boshlaydi? Ungacha esa boshqa savolga javob topishimiz lozim. Yani, Umid Ahmadjonov O'FF prezidenti bo'lganidan so'ng “Paxtakor”dagi ishi nima bo'ldi? Biz Umid Mahamadjonovich “Paxtakor”dan ketdi deyishimiz mumkinmi? Hozircha klub tomonidan bu borada rasmiy xabar berilgani yo'q, demak voqealar rivojini kutib qolamiz.

Katta ehtimol bilan Umid Ahmadjonovni “Paxtakor”dan ketdi deganimiz maqul, chunki O'FF prezidentining oliy liga klubida ishlashi g'alati. Endilikda bor etibor O'zbekiston futbol fedraciyasidagi ishga qaratiladi. SHuni aytish mumkin, bundan buyon Umid Ahmadjonov oldida oson bo'lmagan yo'l turibdi. Bu juda qiyin va mashaqqatli yo'l. Yangi rahbar oldida avvalo respublikamiz bo'ylab bolalar va o'smirlar futbolini ko'tarish, ayollar futboliga etibor berish, o'smirlar va yoshlar terma jamoalarimizning muntazam jahon chempionatlarida ishtirokini taminlash, hali bajarilmagan vazifa - Olimpiada o'yinlari va jahon chempionatiga chiqish kabi vazifalarni hal etish turadi.

Bu ishlarga kirishishdan oldin yangi rahbar ishchi guruh tuzib olishi kerak bo'ladi. Va mazkur ishchi guruhda bolalar futboli, ayollar futboli, kattalar futboliga aloqadaor kishilar bo'lishi kerak. Bundan tashqari, PFLda ham o'zgarishlar bo'ladigan payt keldi. PFL tashkil qilinganidan beri oliy liga va birinchi ligada deyarli yuksalishni ko'rmadik. Klublar saviyasi ancha pasayib ketgan, xalqaro musobaqalarda zafar quchish biz uchun armonligicha qolmoqda. Qolaversa, ichki chempionatga qiziqish yuqori emas. Muxlislar tashrifi yildan yilga kamaymoqda. Biz bosh maqsad jahon chempionatiga chiqish deganimiz bilan ichki muammolar hal etilmas ekan, mundial keyingi va undan keyingi yillarda ham armon bo'lib qolaveradi.

Bu borada OAV poziciyasi qanday bo'ladi? 

Hozir futbol jurnalistlari uchun birinchi galda qilinadigan ish tanqid qilmaslik. Aksincha, biz yangi rahbariyatning astoydil ishlashi uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Tanqid qilish oson va tanqid yordam berishi ham mumkin, ammo bu o'rinda tanqiddan ham muhimi, joylardagi kerakli muammolarni ko'targan holda O'FF rahbariyatiga yaqindan yordam berish. O'FF yangi rahbariyati oldin ishga tushsin, futbolni rivojlantirish dasturi tayyorlansin, keyin shunga qarab ish boshlansin, ana undan keyin ishlar unum bermayotgan paytda tanqid qilsa arziydi. 

O'zbek futboli - hammamizniki. Futbol rivoji uchun hammamiz birdek masulmiz, shuningdek, hech kim O'FF prezidentidan oldin o'zgarish qilsin deb nimadir kutib o'tirishi kerak emas. Qachonki hamma o'z ishini sidqidildan bajargan taqdirdagina futbol tabiiy ravishda rivojlanadi. Jahon chempionatiga borish kerak deymiz-u, lekin joylarda futbol o'smasa, klublarda kuchli murabbiylar ishlamasa, O'zbekistondan yaxshi futbolchilar etishib chiqmasa jahon chempionati armonligicha qolib ketaveradi. Lekin bularning hammasini yo'lga qo'yib olsa bo'ladi. Buning uchun O'FF prezidenti chiqaradigan qarorlarga ko'p narsa bog'liq. OAV esa qarorlarga alohida etibor qaratgan holda qaror ijrosi qay tarzda bajarilayotganini uzluksiz yoritishi lozim bo'ladi.

Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика