So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

Mundial 2022. Janubiy Koreya! Yangiliklar

Mundial 2022. Janubiy Koreya!

Janubiy Koreya!


Taxallusi – "Osiyo yo'lbarslari"

FIFA reytingida 28-o'rinda.

Jahon chempionatiga o'n birinchi marta boradi (1954, 1986, 1990, 1994, 1998, 2002, 2006, 2010, 2014, 2018, 2022).


H guruhi. Raqiblar: Portugaliya, Gana, Urugvay.

1-tur, 24 noyabr. Urugvay — Janubiy Koreya

2-tur, 28 noyabr. Janubiy Koreya — Gana

3-tur, 2 dekabr. Janubiy Koreya — Portugaliya


Muvaffaqiyatlar


2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiyada o'tkazilgan Jahon chempionatini eslaymiz. O'sha paytda koreyslarni Gus Xiddink boshqargandi.



Portugaliya, AQSH va Polsha – "Osiyo yo'lbarslari"ning guruh bosqichidagi raqiblari.


Ochilish bahsida koreyslar polyaklar bilan kurashishi kerak edi. Xvan Son Xon 26-daqiqada o'yinda hisobni ochdi, 53-daqiqada esa YU San CHxol koreyslarning ustunligini oshirdi. "Osiyo yo'lbarslari" o'yinni to'liq nazorat qilishdi, polyaklar esa ularga qarshilik ko'rsata olishmadi.




Koreyslar ikkinchi turda birinchi o'yinda Portugaliyani 3-2 hisobida sensacion tarzda mag'lub etgan AQSH jamoasi bilan uchrashishdi.


Raqiblar barcha masalani so'nggi turga qoldirgan holda, 1-1 hisobida durang o'ynashdi.




Portugaliya bilan o'yin ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi bo'ldi. Portugallarga parallel o'yinga bog'lanib qolmaslik uchun g'alaba kerak edi, koreyslarga esa mag'lub bo'lmaslik kifoya edi.


Ko'pchilik portugallar baribir o'zlariga kelishlari va kerakli natijaga erishishlarini kutgandi. Ammo, barchasi teskari yakun topdi. O'yindagi yagona golni 70-daqiqada Pak CHi Son kiritgan holda, birinchi o'rinni naqd qildi, Portugaliyani esa uyiga jo'natib yubordi.




1/8 finalda Janubiy Koreyaga Italiya raqiblik qildi.


O'yindan oldin "Osiyo yo'lbarslari" endi shu joyida to'xtashadigandek tuldi. Ammo, ular o'zlari va raqibni hayron qoldirishning uddasidan chiqishdi. Koreyslar 18-daqiqada to'p o'tkazib yuborishdi – Kristian Veri burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga kiritdi. Italyanlarda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi va raqibdan ustun keldi. Ammo, taqdir va hakam barchasini boshqacha hal qildi. Hakamlik haqida ko'p gapirmaymiz, ammo u silliq o'tmaganini takidlash kerak. Hatto janjalli ham bo'ldi. Koreyslar 88-daqiqada Sol Gi Xyonning harakati evaziga hisobni tenglashtirdi. SHunday ekan, o'yin overtaymlarga o'tdi va unda koreyslar kuchlilik qilishdi – An Jon Xvan 117-daqiqada gol urdi va g'alabani taminladi.




1/4 finalda koreyslarga 1/8 finalda ko'ngildagidek ishtirok etmagan, ammo baribir irlandlarni penaltilar seriyasida mag'lub etgan Ispaniya tushdi.


Bu o'yin ham janjallarsiz o'tmadi. 120 daqiqada muxlislar gol ko'rishmadi. Qanday qilib? Ispanlar ikkita toza gol urishdi, ammo hakamlar ularni inobatga olmadi va bekor qildi. Penaltilar seriyasida esa koreyslar g'alaba qozondi.




Koreyslarga yarim finalda nemislar to'qnash kelishdi.


"Osiyo yo'lbarslari" uzoq vaqt qarshilik ko'rsatdi, ammo 75-daqiqada Mixael Ballak raqib darvozasiga yo'l topdi. Germaniya oldinga chiqib oldi va minimal ustunlikni o'yin so'nggiga qadar ushlab turdi, mezbon raqibni esa bronza uchun kurashga yubordi.




3-o'rin uchun kurashda Janubiy Koreyaga Turkiya raqiblik qildi.


Turklar 1-daqiqadayoq SHukurning goli bilan oldinga o'tib olishdi. Koreyslar ham 9-daqiqadayoq Li Il Yonning gol evaziga tezda qaytib oldi. Mansiz 13-daqiqada Turkiyani yana oldinga olib chiqdi, 32-daqiqada esa dubl qayd etdi. Birinchi taym turklarning ikkita golli ustunligi bilan yakunlandi. "Yo'lbarslar" esa ikkinchi taymda faqatgina bitta gol ura olishdi – 90-daqiqada Son CHon Gug to'p kiritdi.




4-o'rin – Janubiy Koreya uchun aqlbovarqilmas natija. Musobaqa boshida bunday o'rinni hech kim orzu ham qilmagandi. Italiya va Ispaniya esa hali uzoq vaqt janjalli hakamlik sabab FIFA'ni korrupciyada ayblaydi. Ammo, bu umuman boshqa voqea.


Murabbiy va o'yin uslubi


Paulu Bentu – Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi.



Portugaliyalik mutaxassis 2018 yili Rossiyadagi Jahon chempionatidan so'ng birdan termani qabul qilib oldi.

Bentu qo'l ostida terma Qatarga tayyorgarlikning butun ciklini o'tkazdi va chorak finalda ishtirokini to'xtatgan Osiyo Kubogi-2019da ishtirok etdi.

Bentu shuningdek 2010 yildan 2014 yilgacha Portugaliya terma jamoasi ustozi bo'lgan. Portugallar Bentu qo'l ostida Evro-2012da yarim finalga qadar borishgan va unda bo'lajak Evropa chempionlari bo'lmish Ispaniyadan mag'lub bo'lishgan edi.


Bentuning murabbiy sifatidagi yutuqlari:

· Yoshlar o'rtasida Portugaliya chempioni: 2005

· Portugaliya Kubogi sohibi: 2007, 2008

· Portugaliya Superkubogi sohibi: 2007, 2008

· 2012 yilgi Evropa chempioni sovrindori

· Greciya chempioni: 2017


Janubiy Koreya terma jamoasining o'yin sxemasi: 4-1-4-1, kamroq 4-1-3-2.


Paragvayga qarshi o'yinda joylashuv


O'yin uslubi – hujumdagi poziciyalarning doimiy o'zgarishi, yugurish.

Koreyslar to'pga egalik qilishni afzal ko'rishadi. Ular qiziqarli hujumkor futbol o'ynashga harakat qilishadi, ammo bu ularda doim ham o'xshayvermaydi, ayniqsa buni yaxshi qiladigan raqib bo'lganda.

Hujum guruhidagi o'yinchilar raqibni chalg'itish uchun doim o'rinlarini almashishadi.


Yarim himoyachilarning issiqlik xaritasi


O'ngdagi hozir to'pni qaytaradi va sherigi bilan joy almashadi


O'yinchilar almashuvidan so'ng to'p yana o'sha hududga yo'naltirildi, ammo raqib o'yinchilarining turgan joyiga etibor qarating. Vaziyat ancha o'zgargan.



Hujumda mudofaaning qanotlari juda yuqori ko'tarilishadi va xavbeklar rolini bajarishadi.


Qanot himoyachilari belgilangan


Janubiy Koreyaning har bir o'yinida bo'ladigan shunday ko'p sonli hujum guruhi tufayli ayniqsa shunday kuchli jamoalarga qarshi shunga o'xshash vaziyatlar yuzaga keladi.




Terma jamoa etakchilari


Son Xyon Min – APL superyulduzi va Janubiy Koreya terma jamoasi sardori.



Uni tanishtirishga hojat yo'q. Son o'zida ajoyib futbolchi bo'lish uchun barcha sifatlarni namoyon qiladi, ammo uning tezlik bilan qiladigan driblingi va zarbasi hayron qoldiradi. Son umuman olgan har qanday tarzda va har qanday joydan chap va o'ng oyoqda qanday gol urishni biladi.

U terma jamoada 100ta o'yin o'tkazgan va 32ta gol urgan.




Xvan CHi CHxan – juda ham noodatiy hujumchi.



Forvard poziciyasida o'ynaydigan Xvan CHi CHxanni to'purar hujumchi deyish qiyin. Ammo, bu uni yomon futbolchi qilmaydi. Aksincha, u o'yinni qurishda hujumda ajralmas bo'linma sifatida juda ham foydali.

Xvanda to'pga egalik qilishning nozik texnikasi bor, u to'pni olib qo'yishda va pressingda yaxshi harakat qiladi. Hujumchi kamtarlik bilan Sonning assistenti rolini bajaradi, ammo bu borada tashvishga tushmaydi, sababi, asosiysi – jamoa.




Kim Min CHe – juda ham tez o'sayotgan himoyachi.



U yarim yil oldin Xitoyda o'ynayotgandi, hozir esa "Napoli"da Kalidu Kulibalining o'rnini egallagan. Futbol Gollivudi.

Juda ham hayron qoldiradigan futbolchi. Yirik gavdasiga qaramasdan, u tez va bukiluvchan, hatto raqibni ham aldashi mumkin. O'yinni ajoyib tarzda o'qiydi va katta imkoniyatlarga ega, u hali 25 yoshda.

Kim Min CHe terma jamoada 40ta o'yin o'tkazgan va Qatarda jamoasining muhim o'yinchilaridan biri bo'ladi.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: tezlik, hujumdagi o'yinni qurish.

Zaif tomonlari: zaxira variantining yo'qligi, etakchiga bog'lanib qolganlik.


Janubiy Koreya – endi JCH-2018da Germaniyani dahshatga tushirgan jamoa emas.

Bu yaxshimi yoki yo'q – buni aytish qiyin. Jamoaning o'yin uslubi butkul o'zgargan. Koreyslar Germaniyaga qarshi o'yinda qarshi hujumlarga tayangan holda, to'psiz o'ynashgandi. Hozir esa "Osiyo yo'lbarslari" hatto top termalarga qarshi ham to'pni o'yin davomida nazorat qilishni afzal ko'rishadi.

Koreyslarda juda tezkor jamoa bor, bu ajablanarli emas – o'yin uslubi ularni shunga majbur qiladi. Ular to'psiz ajoyib harakat qilishadi va doim bo'sh hududlarni izlashadi, bu esa raqib o'yinchilariga ko'p ish olib keladi.

Janubiy Koreyaning hujumkor o'yin qurilishi – taktika sevuvchilari uchun haqiqiy olmos topilmasi.

Koreyslar cheksiz tarzda poziciyalarini almashishadi va ularning o'zi ham chalg'ib ketmasliklari odamni hayron qoldiradi. Ular bunday harakat bilan raqib o'yinchilarini o'zlariga chorlab, o'yin tuzilishini buzishadi va sheriklari uchun bo'sh hududlar hosil qilishadi.

Hujumchilar Sonni o'tkir hujumga yuborgan holda, o'zlari yarim himoyachilar chizig'iga tushishlari mumkin.

Koreyslarning muammosi ularning qaysarliklaridadir. Ular yangi o'yin uslubiga shunchalik berilib ketishganki, undan voz kecha olishmaydi. Braziliyaga qarshi qanday o'ynash mumkin? Koreyslar BAAga qarshi o'ynagandek o'ynashdi – evaziga 5ta to'p qabul qilib olishdi. Tan olish kerakki, ular o'yinni malum qismlarida teng o'ynashdi, ammo klassdagi farq o'zini ko'rsatdi. Taktik moslashuvchanlikning yo'qligi Qatarda pand berishi mumkin.

Jamoaning Songa bog'lanib qolganini ham sezmaslik qiyin. Hujumkor o'yinchilarning vazifalari baribir "Tottenxem" yulduzining poziciyasi bilan belgilanadi. Koreys yarim himoyachilari ko'plab qora ishlarni qilishadi, hujumchi esa yakunlovchi rolida. Son bu o'sha paytda eng yaxshi qaror bo'lmasa ham, o'yinni o'z zimmasiga olishi va tavakkal qilishi mumkin.


Quyida Son kerak bo'lganidan ortiq narsani o'z zimmasiga olgan vaziyatiga yorqin misol keltiramiz.


Son to'p bilan tezlik olmoqda


Yaxshi vaziyatda turgan sherigiga allaqachon to'pni oshirishi mumkin edi


O'zi yorib kirdi va to'p ustunga tegdi. Pas bergan gol bo'lish ehtimoli yuqori edi


Janubiy Koreya terma jamoasining o'yini juda ham Songa bog'lanib qolgan. Sardor jamoasiga yordam bera olmaydigan payt kim uni almashtirishi nomalum.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика