So’nggi yangiliklar

23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  0 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  0 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  0 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  21 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  3 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  8 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  24 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  15 19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0

Mundial 2022. Uels! Yangiliklar

Mundial 2022. Uels!

Uels!


Taxallusi – "ajdarlar".

FIFA reytingida 19-o'rin.

Jahon chempionatiga ikkinchi marta bormoqda (1958, 2022).


B guruhi. Raqiblari: Angliya, Eron, AQSH.

1–tur, 21 noyabr. AQSH — Uels

2–tur, 25 noyabr. Uels — Eron

3–tur, 29 noyabr. Uels — Angliya


Muvaffaqiyatlar


Bizda tanlash imkoniyati yo'q, shu sabab 1958 yilga ko'chib o'tamiz.

Ilk (oxirgisi ham) mundial Uels uchun kutilmaganda muvaffaqiyatli bo'ldi.



Uelsga guruh bosqichida vengerlar, meksikanlar va shvedlar raqiblik qildi. Uelsliklar kvartet autsayderidek ko'rinishdi – hamma Vengriya va SHveciyaga ishonch bilan qarayotgan edi.

Uelsga birinchi turda jahonning amaldagi vice-chempioni bo'lmish kuchli Vengriya raqiblik qildi. Vengerlar 5-daqiqadayoq hisobni ochishdi – Yojef Bojik gol muallifi. Ammo, uelsliklarni tezkor gol sindirib qo'ymadi, jamoa 27-daqiqada Jon CHarlzning say-harakatlari evaziga hisobni tenglatirdi. O'yin shunday hisob bilan yakunlandi, 1-1.




Keyingi raqib – Meksika. Yutish mumkin bo'lgan jamoa. Uelsliklar 32-daqiqada Ayvor Ollcherchning goli evaziga hisobni ochdi. Ammo, JCH tarixidagi ilk g'alabani qo'lga kiritish nasib etmadi – Belmonte o'yin yakunida hisobni tenglashtirdi.




Barchasini so'nggi turda guruhdagi ikki o'yinda ham g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal etib bo'lgan shvedlarga qarshi bahs hal qilar edi. SHveciya o'sha paytlarda juda kuchli edi, shu sabab Uels o'zining 200% imkoniyatini ishga solishi kerak edi. Uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi, bu esa pley-offga chiqish uchun Vengriyaga qarshi qo'shimcha o'yinni anglatardi. Vengriya so'nggi turda Meksikani mag'lub etib, umumiy 3 ochko qo'lga kiritgandi (o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilardi).




Uels qo'shimcha o'yinda yana g'alaba qozondi, hatto irodali: Layosh Tixining hisobni ochishiga uelsliklar Ollcherch va Medvinning gollari bilan javob qaytarishdi.




Uels chorak finalda jahondagi shon-sharafli yo'lini endigina boshlayotgan braziliyaliklar bilan to'qnash keldi. Pele o'yindagi yagona golni urdi. Uels esa boshini baland ko'targan holda uyiga ketdi.




Murabbiy va o'yin uslubi


Rob Peyj – Uels terma jamoasi bosh murabbiyi.



Ikki yil Angliyaning ikkinchi-uchinchi divizion jamoalarini boshqarib, Rob 2017 yilja Uels yoshlar terma jamoasiga chaqirildi, uch yil o'tib esa bosh jamoaning murabbiylar shtabiga taklif etildi. Rayan Giggzning chetlatilishidan so'ng Peyjni vaqtinchalik bosh murabbiy qilishdi va aynan u jamoani Evro-2020ga olib bordi.

Giggzning o'z lavozimiga qaytishi va jamoani JCH-2022ga tayyorlashi kutilgan edi, ammo uning holati faqat yomonlashdi, shu sabab Peyj terma jamoani doimiy asosda qo'lga oldi.

Uelsliklar guruhda ikkinchi o'rin uchun kurashda kuchli chexlarni ortda qoldirib, pley-off bosqichi orqali turnirga yo'llanma oldi. "Ajdarlar" o'tish o'yinlarida Avstriya va Ukrainadan o'tishdi.

Uels terma jamoasining o'yin sxemasi: 3-5-2 yoki 5-3-2, kam hollarda 3-4-3.



O'yin uslubi – Avstraliyaning kuchliroq varianti.

Uels – zamonaviy tendenciyalar bilan uyg'unlashgan klassik ingliz futboli.

Jamoa yuguradi va tepadi. Ammo, eski variant ko'proq qattiq va kontaktli o'yinni o'z ichiga olsa, hozirda barchasi ixcham va zamonaviy – aldashga yoki biroz kombinaciya bilan o'ynashga urinish mumkin. Ammo, so'zni qo'shiqdan chiqarib tashlay olmaysiz, shu sabab cheksiz tarzda yuqoridan paslar hech qaerga ketmagan.


Uels – "prujina" jamoa. Ular himoyalanayotgan payt juda ham o'z darvozalariga yaqin o'rnashib olishadi, ammo to'p raqibdan olinganda jamoaning yarmi hujumga o'tib ketadi.

Avstriyaga qarshi o'tish o'yinida himoyachilarning issiqlik xaritalariga bir etibor bering. Uch himoyachidan ikkitasi ko'proq qanotda o'ynaydi, biri esa jarima maydonchasi ichida "yashaydi".



Agar bu Gana futbolchilarining issiqlik xaritasi bo'lganida, Aaron Remzini markaziy himoyachi deb o'ylash mumkin edi.



Yana bir qiziqarli jihati – Uels hujumchilarsiz o'ynaydi.

Garet Beyl va Deniel Jeymsning poziciyasi hujum bilan aloqador, ammo bu qatiy amplua emas. Ikki futbolchi ham ko'p vaqtini jamoaning mudofaalanishiga yordam bergan holda maydon markazida o'tkazadi, doimiy poziciyani esa Uelsdan juda ham kam bo'lgan pozicion hujumlar paytidagina egallashadi.


Terma jamoa etakchilari


Garet Beyl – Uels. Golf. Ammo, endi Madrid emas.



Beyl hali ham terma jamoa etakchisi. Uning hurmatini joyiga qo'yish kerak – u milliy jamoa uchun bor 146%ini bergan.

106ta o'yin. 40ta gol. Sardorlik bog'ichi.

Uels tarixidagi eng yaxshi to'purar.

33 yoshli Beyl tezligini yo'qotganga o'xshaydi, ammo tajriba va "ajdarho" libosida o'zini ko'rsatish istagi Garetga ikkinchi yoshlikni baxsh etgandek. Aks holda, klub darajasidagi o'rtacha ishtirokini Uelsdagi aqlbovarqilmas o'yini bilan tushuntirish qiyin.

Buyuk Britaniyada Beylni yagona jahon darajasidagi britaniyalik futbolchi deb hisoblashadi.

Qo'shilamiz.




Ben Devis – universal himoyachi.



"Tottenxem"dek jamoada 8 yil ko'p narsadan dalolat beradi.

Bek ham chap, ham mudofaa markazida o'ynay oladi, bu Uelsning ko'plab mudofaaviy o'yin qurilishlarida muhimdir.

Devis fidoyiligi va jangovar ruhi sabab jamoaning timsollaridan biriga aylandi. Terma jamoadagi 73ta o'yin esa buni yaqqol ko'rsatib turibdi.




Brennan Jonson – uels futbolidagi noyob istedod.



21 yoshli hujumchi tezlik bilan rivojlanmoqda. O'tgan mavsum CHempionshipda gol+pas tizimida 28 ochko jamg'argan holda shov-shuv bo'lgan o'yinchi hozirda APLdagi ilk gollarini urmoqda.

Uelsliklar Jonsonni Garet Beylning o'rinbosari sifatida ko'rishayotganini yashirishmayapti. Xo'sh, yosh hujumchiga bo'lgan diqqat juda ham yuqori.

Jonson hujumchi ortidagi poziciyada ajoyib ko'rinadi. Unda yuqori o'yin intellekti va maydonni yaxshi ko'ra olish qobiliyati bor.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: havodagi kurash, yakka kurashlar, standart vaziyatlar.

Zaif tomonlari: mudofaadagi xatolar, pozicion hujumlar, oddiy uslub.


Uels qattiq futbol o'ynaydi. O'yinchilar to'qnashuvlardan qo'rqishmaydi, doim oxirigacha yugurishadi va vaziyatlarni oxiriga etkazib qo'yishadi.

Ikkinchi qavatdagi o'yin – Uelsning ustun tomonlaridan. Uelsliklar taktik jihatdan yaxshi tayyorlanishgan. Statistika ham Uels havodagi kurash haqida gap ketganida kuchli jamoalardan biri ekanligini ko'rsatadi. Yuqorida yutilgan duellar ko'rsatkichi – 56%. Bu juda ko'p.

Standart vaziyatlar havodagi kurashda ustunlik bilan bog'liq. Uels o'yinchilari yuqoridan ajoyib pas berishadi, agar to'p raqibga tushsa, Uelsda jarima maydonchasi yonida butun gvardiya turgan bo'ladi va ular qarshi hujum xavfini kamaytirishga harakat qilishadi.

Qanot himoyachilari doim oldinga chiqib ketgani sabab jamoaning mudofaasida muammolar ro'y beradi. Barcha qarshi hujumlar ham ideal bo'lmaydi, raqib to'pni egallab olganda, ko'p sonli o'yinchilar bir-biridan katta farq bilan turgan uch himoyachiga ega Uels mudofaasini qiynashadi.

Pozicion hujumlar – barcha mudofaaviy jamoalarning zaif joyi. Uels ham istisno emas, hatto eng yomon namunalardan biri. Barchasi uelsliklarga etishmaydigan kreativ o'yinchilarga bog'liq. Oldin bu talabni to'liq qoplamagan bo'lsa ham Aaron Remzining eng yaxshi yillari hozirda ortda. Hozirgi jamoadagi ko'p futbolchilar yaratishga emas, buzishga ko'nikkan.

Oddiy uslubning salbiy jihati kamchiligida emas, oldindan nima bo'lishi malum bo'lganida. Barcha Uels qanday o'ynashini yaxshi biladi. Ularda o'zlarining darajasidagi raqiblarga qarshi yaxshi imkoniyat bor, ammo top jamoalar bilan o'yinlarda muammolar kafolatlangan.


Taxminiy tarkib:



Jo Allenning o'rnida Kris Mifem bo'lishi mumkin: bunday holatda Mifem Itan Ampadu bilan joy almashadi. Bu himoyaviyroq variant bo'ladi.

Agar Beyl yoki Jeyms turnirdagi eng yaxshi formada kelmasa, Brennan Jonsonning ham asosiy tarkibda bo'lishi istisno emas.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика