So’nggi yangiliklar

01:50Дербидан олдин "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Muhammad Yusef Kargar: "O'zbekiston - musobaqa favoriti" Yangiliklar

Muhammad Yusef Kargar: "O'zbekiston - musobaqa favoriti"

O'zbekiston – Afg'oniston (5:0) o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab Muhammad Yusef Kargar ishtirok etdi.
“O'zbekiston terma jamoasi turnir favoriti va ular guruh o'yinlari davomida buni isbotlay oldilar. Jamoada ikkita bir xil tarkib bor. Zaxiradan tushgan futbolchilar asosiylardan kam emas. Bunday terma jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Muhimi turnirda ishtirok etdik mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, futbolchilarimiz uchun bu musobaqa ancha foydali bo'lganligini etirof etishim mumkin”, - deydi Afg'oniston bosh murabbiyi Muhammad Yusef Kargar.

- Uch nafar o'yinchingiz musobaqa boshlanmasidan avval qaytib ketgan edi. Bu sizga qiyinchilik tug'dirdimi?
- Asosiy tarkibning ikki nafar o'yinchisi yo'q edi. Posbonimizdan ham foydalana olmadik. Albatta bu menga qiyinchilik tug'dirdi. Lekin ularni o'rniga tushgan futbolchilarimizdan qoniqish hosil qildim. Yana bir bor aytaman bu musobaqada ishtirok etishimiz biz uchun ancha foydali bo'ldi. Keyingi musobaqalarda Afg'oniston yanada yaxshiroq harakat qilishiga ishonaman

- Avvalo jamoangizga ochiq o'yin qilganiga rahmat aytaman. Futbol shunisi bilan jozibali. Jamoangiz o'yinidan kelib chiqib aytsam himoya bilan natijaga erishingiz ham mumkin edi nega barcha o'yinlarda ochiq futbol qildingiz?

- Bangladesh bilan biroz himoyaga etibor berdim, Gonkongga esa hujumkor. Asosan 4-3-2-1 taktikaidan foydalandik. O'zbekistin bilan himoyamiz ish bermasligi malumdek edi chunki ular kuchli. Raqibimiz to'liq kuch bilan o'ynaganligi uchun ham 5ta gol urdi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика