Muammolar qahramonlarni paydo qiladi
16 may 2022 08:21
Yangiliklar
Muammolar qahramonlarni paydo qiladi
11 may kuni “Bunyodkor” murabbiylar shtabida o'zgarish yuz bergan edi. Ko'plar Karpenko murabbiylik kursisiga eng noqulay paytda o'tirganini aytyapti. Darhaqiqat, uni juda qiyin o'yinlar kutib turibdi: bugun AGMK maydoniga safar, kelgusi haftada “Nasaf” qabul qilinadi.

Lekin masalaning 2-tomonini unutmaslik kerak. 44 yoshli mutaxassis “Bunyodkor”ni uncha-muncha murabbiy orzu qiladigan sharoitda qabul qilib oldi. Jamoa bu 2 o'yinni yutqazsa ham, Karpenkoga ortiqcha bosim bo'lmaydi.

CHunki AGMKni tajribali Vadim Abramov va SHuhrat Maqsudov ham nisbatan kuchli tarkib bilan 6 o'yindan beri enga olishmayotgandi (5 tasi mag'lubiyat). “Nasaf”ga qarshi oxirgi to'qnashuvda esa sharmandali mag'lubiyat qabul qilingan (0:5).

Biroq, buyuk murabbiylar qiyin davrlarda katta sahnaga chiqishini unutmaslik kerak (Anchelotti, Xaynkes yoki Zidan kabi). Hozir “Bunyodkor”dagi vaziyat ham shunday. Agar AGMK va “Nasaf” mag'lub qilinsa, murabbiy haqiqiy qahramonga aylanadi. Ochig'i, Karpenkoda bunday qulay imkoniyat boshqa hech qachon bo'lmasa kerak.

O'z navbatida “Bunyodkor”da murabbiy almashishi Mirjalol Qosimov bilan Ro'ziqul Berdievning ishini yanada qiyinlashtirganini ham aytish kerak. CHunki Karpenko bo'lajak o'yinlarda qaysi futbolchilar xizmatidan foydalanishini taxmin qilish ham qiyin.

Bu borada sizning fikringiz qanday? U Maqsudovning ishini davom ettiradimi yoki o'z syurprizlarini tayyorlab qo'yganmi?
Muallifning telegramdagi kanaliga obuna bo'ling→ "Futbol analizi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar