So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

MTJ mashg'ulotlarining ikkinchi kuni Yangiliklar

MTJ mashg'ulotlarining ikkinchi kuni

17:45da boshlangan terma jamoamiz mashg'uloti soat 19:00gacha davom etdi.
Ikkinchi kun mashg'ulotlarida aytarli o'zgarish bo'lmadi. Faqat kubok o'yinidan keyin shunchaki shug'ullangan futbolchilar umumiy guruhga qo'shildilar, xolos. Bugun Sergeev bilan Kozak ham mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlaydi.

Engil chigalyozdi mashqlaridan keyin SHuhrat Maqsudov futbolchilarimizni ikkiga bo'ldi.
"Qizillar" tarkibi:
Suyunov, To'xtaxo'jaev, Hasanov, Hoshimov, Tursunov, Musaev, Iskanderov, Mullajonov, Sobirxo'jaev, SHoahmedov va o'yinchi kamligi bois Ashurmatov.
"Ko'klar": Nesterov, aka-uka Ahmedovlar, Yo'ldoshev, Krimec, Zoteev, Musaev, Muhammadiev, Rashidov, Nagaev, Olimov.

Aynan shu futbolchilardan iborat terma Olmaliqda bo'lib o'tadigan o'yinda terma jamoamiz sharafini himoya qilishi kutilyapti.

Bevosita mashg'ulotlarni kuzatar ekanman, Navro'z Olimov va Husniddin G'ofurov kabi futbolchilarimizni begonasirayotganini ko'rdim. Yigitlar, o'zingizni qo'lga oling. Kelajak sizlarniki!

Darvozabonlarimiz bilan odatdagidek Pyotr Gizimchuk ishladi. To'g'risini aytaman, avvallari bu mutaxassisning ishi uncha yoqmasdi. Ammo yillar davomida tajribasini oshira olganini ko'ryapman. Mashg'ulotlar davomida posbonlarimiz harakatini ko'p marotaba kuzatganim uchun, ulardagi o'zgarishlarni payqamasdan bo'lmasdi. Akbar To'raevning kichik jarohati borligi uchun yakka tartibda mashg'ulot o'tkazdi.

Bugungi mashug'lotlarni Mirjalol Qosimovning o'zi o'tkazadi va ertaga maydonga tushadigan tarkib ham bugun aniqlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика