Moutino "Vulverxempton" bilan shartnomasini uzaytirdi
04 iyu 2022 20:11
Yangiliklar
Moutino "Vulverxempton" bilan shartnomasini uzaytirdi
Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Moutino "bo'rilar" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Xabarlarga ko'ra, kelishuv keyingi mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq 35 yoshli futbolchi "bo'rilar"da yuqori maosh oluvchilardan biri bo'lib qolishi haqida malumotlar paydo bo'lgandi, uning klubdagi maoshi o'zgarmaydi.
Moutino 2018 yilning iyulidan beri "Vulverxempton" safida to'p suradi. O'tgan mavsum yarim himoyachi jamoasi safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning "bo'rilar" bilan avvalgi shartnomasi shu yozda yakuniga etishi kerak edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar