Mourinyu Sonning "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonchi komil Yangiliklar

Mourinyu Sonning "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonchi komil

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Son Xyon Minning London klubi bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonch bildirdi.

"Sonning kelajagi muammo emas, agar adashmasam uning shartnomasi yana ikki yilga amal qiladi. Balki, uch yilga. SHunchaki kerakli daqiqani kutish kerak.

Dunyodagi vaziyat, COVID bilan bog'liq vaziyatni hisobga olsak, hozir o'yinchi va klublar uchun shartnomalarni muhokama qiladigan payt emas, sababi ko'p odamlar ishini yo'qotmoqda va qiyinchiliklarga duch kelmoqda", - deydi Mourinyu.

Klub 28 yoshli koreyalik forvardga 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda, amaldagi bitim 2023 yilda yakuniga etadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика