So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

⚡️ Mourinyu qachon oxirgi marta SHomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushirgandi? Yangiliklar

⚡️ Mourinyu qachon oxirgi marta SHomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushirgandi?

Italiya chempionati 36-turda “Roma” safarda “Fiorentina”ga imkoniyatni boy (0:2) berdi.

Joze Mourinyu bu safar Eldor SHomurodovga uchrashuv yakuniga 1 daqiqa (!) qolganida imkon berdi. Umuman o'zbekistonlik forvard so'nggi bora o'tgan yil 4 dekabrda “Inter”ga qarshi (0:3) bahsda asosiy tarkib maydonga tushgandi. SHundan keyin esa 17 uchrashuvda (2 ta gol urdi, bitta assist qildi) zaxiradan o'yinga qo'shildi, 11 tasida tushirilmadi va bittasini koronavirus tufayli o'tkazib yubordi.

Umuman 26 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsum chempionatda 26 uchrashuvda qatnashib, 2+4 natija ko'rsatdi hamda bir bor sariq kartochka oldi. Italiya Kubogida esa bir o'yinda bitta gol hamda EKLda 10 bahsda 1+2 natijani o'z hisobiga yozdirdi. 

“Bo'rilar”ni oldinda A Seriya doirasida “Veneciya” (14 may, 23:45), “Torino”ga (22 may, 19:00) qarshi oxirgi tur o'yinlari kutmoqda. Jamoa musobaqa jadvalida 59 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda va ECHL yo'llanmasidan “quruq” qoldi. SHuningdek, 25 may (23:59) kuni Konferenciyalar Ligasi finalida Mourinyu shogirdlari “Feynoord”ga qarshi saf tortadi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика