So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  17 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  11 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Mourinyu "Jenoa"ga qarshi o'yindan so'ng: "Kelinglar, futbolga boshqacharoq nom o'ylab topamiz" Yangiliklar

Mourinyu "Jenoa"ga qarshi o'yindan so'ng: "Kelinglar, futbolga boshqacharoq nom o'ylab topamiz"

Teglar :  Joze Mourinyu
"Roma" A Seriya 24 turida "Jenoa" bilan nursiz durang o'ynadi.

Klub ustozi Joze Mourinyu Zanolo tomonidan kiritilgan golning bekor qilinishini qattiq tanqid ostiga oldi. Murabbiyning fikricha, o'sha holatda "Roma"ning toza goli inobatga olinmadi. O'sha vaziyatda Temmi Abraxam hujum payti qo'pollik ishlatgan deb topilib, gol bekor qilingandi.

"Agar hakam to'g'ri qaror qabul qilgan bo'lsa, unda biz shuncha yillardan beri sevib tomosha qiladigan o'yinimiz o'zgarib ketibdi. Bu endi boshqa sport turi. Agar o'sha joyda rostdan ham qo'pollik bo'lgan bo'lsa, bu futbol emas. Kelinglar, futbolga boshqacharoq nom o'ylab topamiz.

Agar hakam xato qildi deb oladigan bo'lsak, bundan birinchi bo'lib hakamning o'zi hafa bo'ladi. Bu holat esa "Roma" uchun odatiy holga aylanib bo'ldi. Bu kabi tushunarsiz qarorlar ushbu mavsumning o'zida juda ko'p takrorlanmoqda. 

Boshqa bir variant ham bor. "Roma" kuch-qudratga ega tomonlarning nazdida juda kichkina klub. SHu joyida men o'z so'zimni yakunlayman. Ayni damdagi Mourinyu bu erga sakkiz oy oldin kelgan murabbiydan tamomila farq qiladi", -deydi Joze Mourinyu.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика