Mourinyu gol urmagan Temmi haqida: “Mening Abraxamim”
31 avg 2022 09:15
Yangiliklar
Mourinyu gol urmagan Temmi haqida: “Mening Abraxamim”
A Seriya 4-turida “Monca” ustidan qo'lga kiritilgan yirik (3:0) g'alabadan keyin “Roma” ustozi Joze Mourinyu o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bugun Temmi Abraxam haqida gaplashmoqchiman. U bugun men so'ragan barcha ishni qildi. Bu mening Abraxamim. U haqida gapirishni xohlayman, chunki gol urmagan hujumchini hech kim maqtamaydi. Bugun Dibalaning kuni edi, ammo Abraxam ham juda yaxshi o'ynadi”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli ingliz joriy mavsum chempionatda 4 bahsda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar