Mourino va Konte o'rtasida so'zlar jangi boshlandi
06 jan 2018 12:17
Yangiliklar
Mourino va Konte o'rtasida so'zlar jangi boshlandi
Oldinroq, portugaliyalik mutaxassis o'yin payti o'zini xotirjam tutishi haqida gapirayotib, quyidagi gapni aytgan edi: "Agar maydon chetida o'zimni masharabozdek tutmasam, futbolga bo'lgan hislarim yo'qolgan bo'ladimi?". Ingliz OAV Mourino bu gapni Kontega ishorib qilib aytganini taxmin qilishdi. Italiyalik mutaxassis bu gapga javob berishga ham ulgurdi: "U avvalgi Mourinoga boqsin, balki Joze o'zi haqida gapirgandir?".
"Bu hikoyani yakunlash uchun bir narsa deya olaman: Ha, avval maydon chetida turib xatolar qilganman. Xatolarni kamaytirishga urinyapman. Men bilan sodir bo'lmagan va bo'lmaydigan yagona narsa bu - kelishilgan uchrashuvlar uchun diskvalifikaciyadir" - deydi Mourino.
2012/13 mavsumda, "Yuventus" bosh murabbiyi sifatida ishlagan Konte 2011 yil kelishilgan bahs haqida malum qilmagani uchun 4 oyga diskvalifikaciya qilingan edi.
Fikrlar