Mourino o'z uyida ketma-ket ikki marta yutqazdi. Bunaqasi oldin bo'lganmi? Yangiliklar

Mourino o'z uyida ketma-ket ikki marta yutqazdi. Bunaqasi oldin bo'lganmi?

Teglar :  Mourino
"Tottenxem" APLning 22-turi doirasida "CHelsi"ga yutqazib qo'ydi.

"SHporlar" bundan avvalgi o'yinda o'z maydonida "Liverpul"ga mag'lub bo'lgandilar. Bu jamoa uchun o'z maydonidagi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat. 

Bunday holat "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinoning faoliyatida ilk marotaba sodir bo'ldi. Portugaliyalik murabbiy "Portu", "CHelsi", "Real", "Inter" va boshqa jamoalarda chempionat doirasida 327 ta uy o'yinini o'tkazgan va o'z maydonida xech qachon ketma-ket yutqazmagandi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика